Qanday ibo qanday oriyat,
Iymoningdan kechma singlim.
Olloximdan bu hidoyat,
Ro'molingni yechma singlim.
Gul uyalsin jamolingga,
Kimlar mushtoq visolingga.
Asra juftu xalolingga,
Ro'molingni yechma singlim.
Iymon bilan o'lay desang,
Jannatlarga kiray desang.
Raxmon yuzin ko'ray desang,
Ro'molingni yechma singlim.
Yoshlik qilib buzma xayol,
So'zlarimni olma malol.
Seni ko'rib qolsinlar lol,
Ro'molingni yechma singlim.
Oxratni ham o'ylagin sen,
Qur'onni qo'ldan qo'ymagin sen.
Iymonni qalbga joylagin sen,
Ro'molingni yechma singlim.
Jannat suvin totging kelsa,
Qabrda tinch yotging kelsa.
Shayton degan sotqin kelsa,
Ro'molingni yechma singlim.
Otangni ham o'yla bir bor,
Akangni ham o'yla bir bor.
Oxirating qilmagin xor,
Ro'molingni yechma singlim.
Sendan go'zal malak qani?
Go'zalliging ochma singlim.
Quvontirgin sen hammani,
Ro'molingni yechma singlim.
Nafsingga qul bo'lma aslo,
Farzdan aslo qochma singlim.
To'g'ri yo'lga boshlar xudo,
Ro'molingni yechma singlim!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3