Har kuni dod solib aylaysan faryod,
Ruyobin kurmasdan orzuying barbod.
Bilsang sendek nodonlarga hayf hayot,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!
Pul kurib kuchadan beri kelmaysan,
Ular seni kutishmoqda bilmaysan.
Qarab tur hali dod solib yig'laysan,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!
Axir ular seni katta qilishdi,
O'zi yemay kiymay senga berishdi.
Evaziga sendan nima kurishdi,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!
Kimlardur zor ota ona mehriga,
Har kun yig'lar boshin qo'yib qabriga.
Sen xor qilding uchrab alloh qahriga,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!
Halolman deb harom luqma yutasan,
Osmondan zar yog'ishini kutasan.
Bir umrga davra ko'rmay o'tasan,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!
Baxt nima bilmaysan ulguning qadar,
Seni deb yig'ladi ulug'zod padar.
Noshukurliging sabab bo'lding oqpadar,
OTASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA.
ONASINI YIG'LATGAN NOSHUKUR BANDA!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев