Предыдущая публикация
Boldan shirin aytar so'zlari.
To'lin oydan go'zal yuzlari.
Do'ppi kiygan o'zbek qizlari.
Ko'rgan ko'zga kulib qarashgan.
Belga tushgan sochin tarashgan.
Qoshlariga o'sma yarashgan.
Do'ppi kiygan o'zbek qizlari.
Uylaringiz sarishta bo'lar.
Ishlaridan ko'nglingiz to'lar.
Shak shubhasiz farishta ular.
Do'ppi kiygan o'zbek qizlari.
Gap otmangiz bo'lmang ovvora.
Atrofida yurmang parvona.
Uchrashmaydi tunlar pinhona.
Do'ppi kiygan o'zbek qizlari.
Tik boqmaydi ota yuziga.
Quloq solar ona so'ziga.
Gard yuqtirmas aslo o'ziga.
Do'ppi kiygan o'zbek qizlari.
Muallif: Kamola Choriyeva.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев