Narimon Umarov © uz-foto.ansor.net Narimon Umarov 1952 yili tug'ilgan bo'lib, 1974 yili Toshkent politexnika institutini “Gidrogeolog va muhandis-geolog” mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. “Gazeta.uz” xabariga ko'ra, 1984 yili dissertatsiya himoya qilganidan so'ng geologiya-mineralogiya fanlari nomzodiga aylangan, 50dan ortiq ilmiy maqola va 7ta monografiya muallifi hisoblanadi.
Narimon 2013 yil 7 iyunida “Adolat” SDP yetakchisiga aylangan, o'shanda u Ismoil Saifnazarov o'rnini egallagan edi. Bungacha esa 2009 yil avgustidan O'zbekiston davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi, 1997-2009 yillar mobaynida qo'mitaning Ixtisoslashgan tahliliy nazorat inspektsiyasi rahbari sifatida ishlagan.
Narimon Umarov 2014 yilgi parlament saylovlarida Surxondaryo viloyati 76-Uzun saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan edi. Keyinroq uni “Adolat” SDPning parlamentdagi fraktsiyasi rahbari etib saylashgan edi
https://youtu.be/ZN66hj5knKI
https://www.youtube.com/channel/UC4NAtZoWumbR2yBuNMsuvZQ
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев