Предыдущая публикация
Ana sevgim,
Ko‘rib turib qaragim yo‘q.
Uning menga,
Mening unga keragim yo‘q...
Bir yilda bir ko‘rishamiz,
U gapirmas.
Menda ham yo‘q zaboi,
Bir so‘z so‘ragim yo‘q. Baxtliman deb
U ham, mag‘rur,
O‘tib ketar,
Men ham xursand,
Shodman — boshqa tilagim yo‘q. Bu yo‘l boshi paymon edi,
Hijron endi.
Armon endi,
Armonga mo‘ltiragim yo‘q... Ketaversin,
Bu dunyoda bir qizni deb,
Har kuni bir
Yig‘laydigan yuragim yo‘q.
Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев