Yulduzlarni yutib yubordi bu tun,
Yutdi-yu, unitib yubordi bu tun.
Shunday tunda agar yig'lagin kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan.
Chaqaloq tug'ildi, sochi qop-qora,
Ko'zini ochmasdan jilmaydi, qara.
Shunday kunda agar yig'laging kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan,
Men taskin izladim kuygan jonimga.
Suydim, balolarga qoldim, yonimga
Kelib asta holim so'ragim kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan.
Tanho bilmasa ham Vatan, bilsa ham Vatan,
Yig'lasa ham Vatan, kulsa ham Vatan,
Unga jonni tikmoq tilaging bo'lsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan,
Qahr bu adovat, araz o'tkinchi,
Quyosh ko'tarilib, quyosh botguncha,
Kerakmaslarga ham keragin bo'lsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan.
Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев