Mayda mish-mishlardan zirqirar
tovon,
Unganmiz-ku asli bitta
tuproqdan.
U kuni she’rimni tinglab, bir
nodon
Meni maqtab qo`ydi: falon
qishloqdan.
Shu bir so`zdan tuygan huzurin
ko`rsangiz,
Go`yo oyni uzib olgan bu odam.
Bundaylar uchrasa, yurtin
so`rsangiz,
Mahallasin aytar Afrikada ham.
Ayting, xafa bo`lay men yana
kimdan?
Birov davlat qurar, birov uy tiklar.
Asli bir xalqligin bilar-u, zimdan
Nechun, bir-birovin ko`rolmas
ular.
Bitta dayr arodan bir tushgan
kema,
Bir qirg`oq yer, bir kun suzishdan
tolsang.
Birodar, bunchalar gerdayding,
nahot,
“O`zgani sher bilgan”, naqlin
bilmasang?
Bo`lingan bo`lisning o`chgay
chirog`i,
Ortga bir qayriling, mingta qiyos-
ku.
To`pga tutgan kuni Toshkentni
yog`iy,
Amir Nodirani so`ygani rost-ku…
Ungan joyimga-ku, qullug`im
bisyor,
Sog`inch to`la dilim aylar ming
faxr.
Ammo boshim silar bitta Vatan
bor,
Men ham uning bitta o`g`liman,
axir.
O`yim uzaymoqda ulg`aygan
sarim,
Kengroq bo`lsak, deyman bu
keng dunyoda.
Farg`onada bo`lsa yarim jigarim,
Jigarimning yarmi
Surxondaryoda.
Baxmal bo`lagiga munchoq
qadalgan,
Bir oltin beshikda o`sgan
o`zbekmiz.
Bir paytlar Jayhun, Sayxun
atalgan
Ikki qosh ostida bir juft
ko`zdekmiz…
Mayda mish-mishlardan bitta
bezgan — men,
Zanglagan hanjardek o`tdi u
jondan,
Tanihib qo`yaylik: she’rni yozgan
men —
Muhammad Yusufman
O`ZBEKISTONdan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев