Yuraging siqilib borib shahardan,
Sekin gapga solsang mo'min
dehqonni.
Qodiriyni eslar yozuvchilardan,
Artistlardan esa - Shukur
Burhonni...
Sening tilla gardish ko'zoynaging
bor,
Lekin berkitolmas u ham
ginangni.
Nafis jild kitoblar yig'massan
bekor,
Bekor olmagansan pianinangni.
Mana ko'rib qo'ying - Odaliska
bu.
Ranglarga e'tibor bering,
ranglarga.
Behzod chizgilari emas sizga bu.
San'atda yetmoq yo'l bo'lsin
bizga bu
Nozikfahm rum - faranglarga.
Mana bu Otello. O'sha xabash
shox.
Sahna - Ovrupodir (yana o'sha
yoq).
Dunyoda hech kimda yo'q
bunday ovoz,
Dunyoda hech kimda yo'qdir bu
nigoh!..
Deysan: bu kitobim ichi to'la dur,
Deysan: bu kitobim bitta
nusxadir,
Tasvir o'zi hayot, jumla qisqadir,
Lekin baribir...
Lekin baribir,
Yuraging siqilib borib shahardan,
Sekin gapga solsang otang -
dehqonni,
Qahhorni eslaydi yozuvchilardan,
Artistlardan esa Halimaxonni.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев