Sanam, sochingdan ham
shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring
ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda
gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men
bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda
xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu
zorman,
Men beun sevarman, men jim
sevarman,
Qiyomatgacha shul
sukutdadurman.
Deydilar: muhabbat bilmas
masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o'zing deb bir kun
insofa -
Gohi Toshkent, gohi
Urgutdadurman.
Tiling bilmasam ham
tushungandayman,
Sen bilan gohi do'st
tutingandayman.
Gohi bu do'stlikdan
o'kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming
bittadurman.
Suymoq - bu gulxanda kuymoq
azali,
Men shahar erkasi, sen tog'
go'zali.
Eslab yur yodingga tushgan
mahali -
Shaydolaring ko'p-u, men
bittadurman!..
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев