Armonim bor, bu dunyoda
armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan
o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu
makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim
bor.
Ota desam, bag'ri-dilim
yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim
yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan
osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan
nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng
muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon
nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim
bor.
Odam bo'lib bir odamni
tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh
o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey,
nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan
qalqonim bor...
Men otamdan qolgan erkin sado-
sasman,
Qonimga yot navolarga
qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan
ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan
imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda
armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan
o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon
yig'lab turgan
Bu makonda mening ham
nurjahonim bor.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1