kutdim, Tushimga kirar deb
tunlarni kutdim, Bir faqat sen
kelar kunlarni kutdim, Sevgilim,
sen meni sog’inmadingmi?
Gohida yig’ladim yuragim bo’shab, Sen kelar yo’llarga
ko’nglimni to’shab, Hech yo’qsa,
hech yo’qsa, o’zimga o’xshab,
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qalbingga talpinib poyingda o’ldim, Yuragim og’riydi, og’rinib
bo’ldim. Men seni, men seni
sog’inib bo’ldim, Sevgilim, sen
meni sog’inmadingmi?
Men tomon kelmoqqa jur'ating
qani? Sog’insam, ovunay sur'ating qani? Aytgin, ey
muhabbat, qudrating qani?
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qo’lingga tutganim guldayin
ko’ngil, Sevgidan so’zlasang, quldayin ko’ngil, Bir bora
ko’ngilning so’ziga ko’ngil,
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Men seni, men seni sog’inib
bo’ldim... Sevgilim, sen meni sog’inmadingmi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 157
-Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku
uxlamaysizmi? Soat ham uchdan
ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay
qoling, özizni qiynamang, ertaga
kun yorug'ida birgalashib tugatib
qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver,
men hozir bir pasda shuni
tugataman-u uxlayman. Ertalabga
nonimiz qolmagan, shuni
tugatsak ertalab azonda
topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan
'buxanka' non olib kelasan, xöp
qizim. Singling och uxlab
qoldida.... -Yöq, oyi nega,
kechqurun hammamiz yahshi
ovqatlandikku! -Kartoshka,
piyozdan qilingan yarim kosa
shörva nima ham bölardi.
Öqishingiz kerak, hali yahshi
inson bölasizlar, katta odam
bölsanglar dasturxonimiz yana
tökin böladi, ha qizim? Singlingni
och uxlab qolgani yahshi
bölmadida, uxlaganinglardan
söng ikki, uch marta uyg'onib oyi
non bormi, ozgina non bering
deb söradi.... -(Nima deyarimni
bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz,
oyim, men va singlim. U hali
maktabga ham chiqmagan, aqli
yetmaydida hali, o...ЕщёOnasidan Ayrilgan Farzandlar... (9-sinf qizning hikoyasi)
-Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku
uxlamaysizmi? Soat ham uchdan
ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay
qoling, özizni qiynamang, ertaga
kun yorug'ida birgalashib tugatib
qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver,
men hozir bir pasda shuni
tugataman-u uxlayman. Ertalabga
nonimiz qolmagan, shuni
tugatsak ertalab azonda
topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan
'buxanka' non olib kelasan, xöp
qizim. Singling och uxlab
qoldida.... -Yöq, oyi nega,
kechqurun hammamiz yahshi
ovqatlandikku! -Kartoshka,
piyozdan qilingan yarim kosa
shörva nima ham bölardi.
Öqishingiz kerak, hali yahshi
inson bölasizlar, katta odam
bölsanglar dasturxonimiz yana
tökin böladi, ha qizim? Singlingni
och uxlab qolgani yahshi
bölmadida, uxlaganinglardan
söng ikki, uch marta uyg'onib oyi
non bormi, ozgina non bering
deb söradi.... -(Nima deyarimni
bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz,
oyim, men va singlim. U hali
maktabga ham chiqmagan, aqli
yetmaydida hali, oyimdan köp
narsa söraydi, bilmaydida biz
hamma kabi emasmiz.
Dadamning özga yurtga ishlagani
ketib qaytib kelmaganini,
oyimning tunlari uxlamasdan tön
qavib chiqishlarini, bizni öylab
siqilishlarini bilmaydida....
Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi
bir necha kundan beri tuzukroq
tuz ham tortmasdan, uxlamasdan
pul topish uchun harakat
qilyaptilar, qani edi qölimdan
kelsa yordam bera olsam.... Ötgan
kuni yig'lab ötirgan ekanlar,
qöllariga nina kirib ketibdi, bu
birinchi marta emasdi, qöllari
qavarib ketgan bu azoblardan.
Aslida, bizni öylab siqiladilar, shu
uchun yig'laydilar, garchi, dadang
kelsalar hammasi yahshi bölib
ketadi deb bizni ovutsalarda,
özlarini özlari aldayotganliklarini
biladilar, biz ham bilamiz dadam
endi kelmaydilar, ötgan 5 yil
ichida u yerlarda yangi oilali bölib
ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men
ham ulg'ayib oyimning og'irini
yengil qilay.... -Singling yosh hali,
uni xafa qilma, u senga eng
mehribon inson böladi, sizlar ham
anchadan beri yahshi ovqat
yemadinglar, ertalab yahshi
nonushta qilib beraman, uxlay qol
qizim.... -(Ertalabki vaziyatni bir
umr yodimdan chiqara olmayman,
oyim ösha ötirgan joylarida,
qöllarida nina, tizzalari ustida
tönning yeng qismi, bir bölakkina
öchay deb qolgan sham yorug'ida
közlari ochiq bir nuqtaga tikilib
ötirgandilar, yugurib bordim,
qöllari muzdek, etim jimirlab
ketdi.... Ohirgi ayta olgan sözim
shu böldi....) -Oyi, oyijon, közizni
oching. Men tez katta qiz
bölaman, faqat iltimos, bizni
tashlab ketmang....