Ufqdagi chizg'in chizg'in yog'dular
G'uj yulduzlar keldi Zuhrom kelmadi
Yuragimda qancha shodlik qayg'ular
Bahor kuzlar keldi Zuhrom kelmadi
Ortga qaytdi uzoq ketgan karvonlar
Tamom bo'ldi oxir fasli xazonlar
Qatorlashib qancha kelin janonlar
Qancha qizlar keldi Zuhrom kelmadi
Qoshu ko'zni judo qilmang bir-biridin
Zuhroxonni ayirmang Toxiridin
Tog'u toshu cho'li saxro quridin
Hama e'llar keldi Zuhrom kelmadi
Zuxroni deb sevgi suvi ichganman
Zuxroni deb bu dunyodan kechganman
Belimdagi zulfizarni yechganman
Qaro kokil keldi Zuhrom kelmadi
Gulgun qizlar keldi Zuhrom kelmadi
Qaro kokil keldi Zuhrom kelmadi
Qancha qizlar keldi Zuhrom kelmadi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1