Uy sharoitida qanday usullardan foydalanish mumkin? Ularning qay birlari eng samarali va avaylovchi hisoblanadi? Maqolada uy sharoitida tishni oqartirishning eng mashhur va xavfsiz usullarini ko’rib chiqamiz.
TISHNI OQARTIRISH UCHUN ZAMONAVIY VOSITALAR
Kundalik og’iz bo’shlig’i gigienasi karash hosil bo’lishini asosiy profilaktikasi hisoblanadi. Tish cho’tkasi va tish iplari uni yengishga yordam beradi. Albatta, nega pasta emas degan savol berish mumkin. Buning sababi shundaki, tish pastasining karashni bartaraf etishga aloqasi yo’q. Shuning uchun, yuqori sifatli cho’tka yoki pasta o’rtasida tanlash kerak bo’lsa, afzallikni birinchisiga berish lozim.
Tishlarni muntazam ravishda tozalab turishda karash shakllanishining intensivligi juda past bo’ladi, shuning uchun emalga ziyon yetkazmasdan uy sharoitida tishni oqartirish talabi sizni juda uzoq vaqt davomida tashvishlantirmaydi. Agar tabassum rangi o’zgarganidan shubha qilsangiz, quyidagi sinovni bajaring.
Tilni tishlaring ichki yuzasi bo’ylab yuriting. Dag’alliklar sezilyaptimi? Shunday bo’lsa, karashni yanada intensiv usullar bilan yo’qotish vaqti kelgan.
Tishlaringga oq qog’oz parchasini qo’ying. Tishlar sarg’ish ko’rinmoqdami? Demak siz uyda tishlaringizni oqartirishingiz mumkin, bu holatda zarar va foyda bir-birlarini muvozanatlashtiradi. Ammo tish kulrang tusga kirsa, hech qanday mustaqil amallar bajarish tavsiya etilmaydi! Bu holda faqat tish shifokoriga murojaat qilish darkor.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tishni oqartirish uchun yaxshi yechimlar taklif qiladi. Ushbu vositalar quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Abraziv tish pastalari — ular tarkibida silliqlovchi va fermentativ moddalar mavjud. Birinchisi, emal yuzasidan karashni olib tashlaydi, ikkinchisi esa tish ichiga kiradi. Fermentlarning kirib borishi darajasi past, shuning uchun ular tishlarini ichidan oqroq qila olmaydi. Ammo sigaret va qora choydan qolgan sariq qoplamni yo’qotish uchun ayni muddao.
Chayish uchun eritmalar — ularning tarkibida past konsentratsiyada vodorod peroksidi mavjud. Tishlarni 1-2 tusga oqroq qiladi.
Tishlarni oqartiruvchi kukunlar — tish pastasiga nisbatan agressivroq vosita, shuning uchun oqartirishning eng xavfsiz yo’li hisoblanmaydi. «Vaziyatga ko’ra» bir martalik foydalanish uchun mos keladi.
Ushbu vositalarni qo’llashda ularning to’liq xavfsiz emasligini yodda tutish kerak. Ularning zarari vositalar uzoq vaqt davomida qo’llanilsa, emalning sezgirligi oshishi bilan namoyon bo’ladi. Ikki hafta davomida chayish uchun eritmalar bilan tish pastasidan tishlar 1-3 tonga oqargunicha foydalanish kifoya, undan so’ng tarkibida ftor yuqoriroq bo’lgan tish pastalariga o’tish kerak.
TISHLARNI XALQONA VOSITALAR YORDAMIDA OQARTIRISH
Tishlarni xalqona vositalar yordamida oqartirish har doim ham bezarar emasligini unutmaslik kerak. Eng taniqli uy sharoitida qo’llaniladigan vositalar bu iste’mol sodasi va vodorod peroksidi hisoblanadi. Birinchisi abraziv modda sifatida ta’sir qilib, tish to’qimalaridan karashni olib tashlaydi. Ikkinchisi esa kimyoviy reaktsiya natijasida kislorod ajratib chiqaradi, u o’z navbatida emalning chuqur qatlamlaridagi pigmentatsiyani yo’qotishga qodir.
ISTE’MOL SODASI
Iste’mol sodasini tish pastasi sifatida qo’llash
1. Bir osh qoshiq sodani oz miqdorda suv bilan aralashtiring.
2. Hosil bo’lgan massaning quyuqligi tish pastasiga o’xshash bo’lishi kerak.
3. Tishlarni ushbu aralashma bilan tozalang.
4. Bajarish davomida vositani yutib yubormaslikka harakat qiling.
5. Aralashmani tishlarda 10 daqiqagacha qoldiring.
6. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
7. 5 daqiqa kutib turing, so’ng tishlarni oddiy tish pastasi bilan yuvib tashlang.
Soda va tish pastasi aralashmasi
1. Oz miqdorda tish pastasi va iste’mol sodasini aralashtiring.
2. Ushbu aralashma bilan tishlarni tozalang.
3. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
Ushbu usullarning ikkalasi ham juda samarali bo’lib, ular uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin. Birinchi usul ko’proq vaqt talab qiladi, ammo uning natijalari yaxshiroq, shuni ta’kidlash kerakki, undan haftada bir marta foydalanish mumkin. Tishlarni oqartirishning ikkinchi usulidan haftada bir necha marta foydalanishga ruxsat etiladi, bundan tashqari, u ozroq vaqt talab etadi.
OLMA SIRKASI
Olma sirkasidan ko’p maqsadlarda foydalansa bo’ladi. Ularning biri — tish oqartirish. Ushbu usulning ta’mi eng yaxshilardan biri emas, lekin uning samaradorligini inkor etib bo’lmaydi. Tishni oqartirish uchun olma sirkasini to’g’ri ishlatishning bir nechta usuli mavjud.
Olma sirkasidan og’zini chayish uchun vosita tayyorlash
1. Kichikroq bir stakanga olma sirkasi soling.
2. Suyuqlikdan yutib yubormasdan bir qultum oling.
3. Og’izni yaxshilab chaying.
4. Shundan so’ng tupurib tashlang.
5. Og’izni iliq suv bilan chaying.
Ushbu usuldan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Sirka ta’mi ozgina yoqimsiz, lekin natijalar bu kamchilikni oqlaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев