Alloxdan tilangiz eng
ezgu tilak!
Shunday ulug' kunda buling duoda,
Taqvodor Dindorlarim
RO'ZA MUBORAK!
Allox gunoxlarimizi avf etsin!!!
RAMAZON MUBORAK
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Olloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
Xoldor Vulqon
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
söragan, Gunohim böynimga
osilgan marjon. Ruhimni poklikka
nurga öragan, Umudim yölchisi,
Moxi Ramazon!... Muborak
Ramazon
oyi qutlug' bölsin xammaga!!!