Goh xolimga bilib kularsan
Meni qiynab nima qilarsan
Sen qiz yomon kuydirding meni
Bilmaysan xech nima chegara
Õynatarsan solib nog'ora
Tushunarsan vaqt õtib bora
Sen qiz yomon kuydirding meni
Sevgim jaxlim tõsar yõlini
Yog'dirsa xam g'azab dõlini
Qurutmagin sabrim kõlini
Sen qiz yomon kuydirding meni
Menga aslo qiynoq kõrma ep
Shirin sõzlar bõlsin senga zep
Gohi sizni sevmayman men deb
Sen qiz yomon kuydirding meni
Bir yaxshining yomoni ham bor
Dunyoning tõrt tomoni ham bor
Baxtli kunlar zamoni ham bor
Sen qiz yomon kuydirding meni
Jonim olgin olaqol mayli
Men Majunman sen esa Layli
Samo kabi sevgim tufayli
Sen qiz yomon kuydirding meni
Yongan olov kõzlaring bilan
Oydan gõzal yuzlaring bilan
Gohi qiynoq sõzlaring bilan
Sen qiz yomon kuydirding meni
Faqat jonmas olgin gulimni
Sinovlarda tutgin qõlimni
Yorug' qilgin zulmat yõlimni
Sen qiz yomon kuydirding meni
Sinamagin sabrimni sira
Yerga urma qadrimni sira
Kel labimga labingni tira
Sen qiz yomon kuydirding meni
She'r mu'allifi
Qobiljon Soliyev
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев