qilgan orzularimiz,
Olamni tutgan edi, bizning
kulgularimiz.
Oqibatda ne bo’ldi,
yo’limiz ayro tushdi,
Men oshiqni o’rniga seni
o’zga yor quchdi.
Sevgi uchun kurashmoq
kerak ekan har onda,
Baxtni his qilar ekan,
sevgani bo’lsa yonda.
Men sevgan yor sen eding,
men uchun tanho eding,
Sinovlarni yengolmay,
alvido jonim deding.
Bir paytlar men seni,
qo’lingdan tutgan edim,
Menga yor bo’lishingni,
sabrsiz kutgan edim.
Sen bo’lsang men oshiqni,
hijronga otib ketding,
Senga bo’lgan sevgimni,
kimlarga sotib ketding.
Bugun sog’indim yana,
seni erkalashlaring,
Ko’ksimga boshing qo’yib,
asta xo’rsinishlaring.
Bu onlarni endi men,
qandayin ayt unutay,
Undan ko’ra yuragim,
yulib qo’lingga tutay.
Aytarding, men sizniki
bo’laman faqat jonim,
Lekin va’dangnni buzib,
tashlab ketdingku yorim.
Seni chiroyli husning, hech
ketmas ko’z oldimdan,
Ba’zida seni o’ylab, kechay
deyman jonimdan.
Ho’sh endi baxtlimisan,
Bir-bor aytchi
qo’rqmasdan.
Yashadingmi biron kun,
Sen meni o’ylamasdan.
Saning chiroyli isming jonim,
hayolimdan ketmaydi,
Vafo bormi hayotda, shu
o’y meni qiynaydi.
Sen ketding meni tashlab,
zavqim ketdi hayotdan,
Qoldim men ko’zim
yoshlab,qalbim tirnab
faryoddan.
Qancha qiynalmay mayli,
sevishdan
charchamayman,
Axir shu sevgim bilan, bu
dunyoda yashayman.
Sen tanlading o’zgani
mayli, baxting tilayman,
Senga sof sevgim borki,
azoblarga chidayman.
Qancha qiynama qalbim,
men seni unutmayman,
Sendan qolgan eng shirin
xotiramla yashayman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1