Huddi aybdordek yerga qaraysan.
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot.
Sevolmayman deysan uzr so'raysan.
Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq.
Tilida chaynalar qarg'ish hitobi.
Ey Hudo bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi.
Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib.
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan.
Yuraging pinjida yashab biroving.
Ko'zingning oqiyu qarolariga.
Solarkansan yakka suyukligingni.
Sen pisand qilmagan bechoralarga.
Bilmaysan qanchalar buyukligingni.
Kipriging torlarin chertadi yomg'ir.
Qo'lingda titraydi tunlar hitobi.
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi..
Yolg'izim xamon yuragimda yashayabsan! Bek.....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев