Tahoratdagi makruh amallar
- Tahoratda qaysi amallar makruhdir?
- Ular sakkiztadir: 1. Suvni ko’p ishlatib, isrof qilmoq. 2. Burunni o’ng qo’l bilan yuvmoq. 3. Yuvilayotgan a’zolarni uch martadan ko’p yoki kam yuvmoq. 4. Boshga ikki marta mash tormoq. 5. Yuzga suvni qattiq chaplamoq. 6. Tahorat qilganda boshqa kishini ishga solmoq. 7. Tahorat chog’i dunyoviy so’zlarni so’zlamoq. 8. Tahorat chog’i suvga tuflamoq, unga burunni qoqmoq.
Tahoratni buzuvchi amallar
- Nimalar tahoratni buzadi? - Ularning soni o’n bittadir: 1. Orqa avratdan yel kelishi. 2. Najas chiqishi. 3. Badandan qon, yiring yoki sariq suv oqishi. 4. Burun yoki tishning qonashi. 5. Kasalligi sababli ko’zdan qon yo yiring yosh kelishi. 6. Qon qusish. 7. Og’iz to’ldirib taom qusish. 8. Yotib yoki suyanib uxlash. 9. Devona bo’lish yoki hushdan ketish. 10. Namoz chog’i ovoz chiqarib kulish. 11. Er-xotin qo’shilishi.
Tahoratsiz kishi
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni yoki Alloh taolo so’zlari yozilgan qog’ozni ushlashi joizmi?
- Yo’q, ammo muqovasini ushlashi mumkin.
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karim oyatlarini o’zicha o’qishi mumkinmi?
- Mumkin, lekin tayammum bilan o’qish undan yaxshiroqdir.
- Tahoratsiz kishining masjidga kirishi, qabristonni ziyorat etishi mumkinmi?
- Mumkin.
Mahsi yoki etikka mash tortish
- Etik yoki mahsi kiygan kishi tahorat chog’i oyog’ini yuvishi lozimmi?
- Yo’q. Mash tortilsa, kifoya. Ammo mahsi yoki etik tahorat bilan kiyilgan bo’lmog’i lozim.
- Mash qanday tortiladi?
- Ikki qo’l panjalari yaxshilab suvlanib, barmoq tarafdan to’piqqacha uch marta barmoq tortiladi. Mahsi yoki etik yuzi ham uch barmoq kengligida tozalanadi.
- Tahorat bilan kiyilgan mahsi yoki etikka necha kun mash tortiladi?
- Safarda bo’lmagan kishi 24 soat, uch kundan ortiq safarda bo’ladigan kishi 72 soat davomida mash tortishi mumkin.
- Bu muddat mahsi kiyilgan paytdan hisoblanadimi?
- Yo’q, birinchi tahorat buzilgan paytdan boshlanadi.
- Mahsi yoki etikdan boshqa yana nimalarga mash tortish joiz?
- Kigizli etikka, qo’njli kovushga, mahsi ustidan kiyilgan kovushga.
- Mabodo mahsi yoki etik yirtilgan bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa joiz emas, kam bo’lsa joiz.
- Yirtiqlar kichik-kichik, ikki-uchta bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa, yangidan tahorat qilinadi.
- Agar teshiklari to’piqning yuqorisida bo’lsa-chi?
- Mash tortiladi.
- Mahsiga qachon mash tortib bo’lmaydi?
- Mahsi o’z xizmatini bajara olmaydigan va tovon qo’njining yuqorisiga chiqib ketgan bo’lsa.
- Agar tahorat ketmasdan mahsilar almashtirilsa, ya’ni yechilib bir oz muddatdan so’ng kiyilsa, tahorat buzilib, oyoq yuviladimi?
- Yo’q.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2