Bugun esa YUBILEYNIY SAVDO MARKAZI "Saxovat va ko'mak" umumxalq harakatini qo'llab-quvvatlaydi va ixtiyoriy ravishda alohida tezkor dastur ishlab chiqmoqda.
Bugungi kunda ijtimoiy yordamga muhtoj, kam ta'minlangan, vaqtincha ishsiz 30 ta xonadon ro'yhatini shakllantirilib, ushbu xonadon sohiblariga AT Ipoteka bank bilan hamkorlikda plastik kartochkalar ochirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda YUBILEYNIY SAVDO MARKAZI ushbu 30 ta xonadonga 6 oy mobaynida 500.000 so'm miqdorida moddiy yordam ko'rsatishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib oldi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Hozirgi sinovli kunlarda xalqimiz, jamiyatimiz va davlatimiz oldidagi mas'uliyatimizni his qilgan holda siz ham "SAXOVAT VA KO'MAK" umumxalq harakatiga qo'shilishingizga chorlab qolaman.
Zero, bundan keladigan savob har qanday foydadan ko'ra afzal. "SSS Yubileyniy" MChJ DIREKTORI: U.Xurramov 75.uz | Surxondaryo Yangiliklari 👇
@SURXONDARYO_YANGILIKLARI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев