— Bu odamni nima sababdan o'ldirding?
— Xotinim bilan uchrashayotganda tutib oldim, o'ldirmadim. Uyimga bir marta o'g'irlikka tushdi. Kelib qoldim. Yo'q, shundayam o'ldirmasdim buni. Ishonasizmi, ketayotib «Men yana qaytaman» deydi-ya!.. Ana shu gapi alam qilib ketdi.
• • •
— Siz xotiningizning boshiga tovoq bilan urganlikda ayblanasiz! Nahotki, unga rahmingiz kelmagan bo'lsa?
— Albatta, rahmim keldi. Axir, tovoq yap-yangi edi!
• • •
— Siz, ayblanuvchi, telefon-avtomatlardagi tiyinlarni o'g'irlaganlikda ayblanasiz! Ellik ming so'm miqdorida jarima to'laysiz.
— Maylimi o'sha jarimalarni tiyinlar bilan to'lasam?
• • •
Muallima birinchi sinf o'quvchisidan so'radi:
— Eshmatvoy, ulg'aysang kim bo'lasan?
— Genaral bo'laman.
— Ie, urush bo'lsa-yu, seni dushman otib qo'ysa-chi?
— Unda dushman bo'laman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев