Kimdir ko'ngli vayrona.
Asli meni bir g'am yer,
Bunga o'zim hayrona.
Ko'zim tindi tunlarda,
Tongda yulduz sanayman.
Alamli ul onlarda, Yuragimni
silayman.
Tushlar ko'rib o'ngimda,
Uxlab umur ko'raman.
Va tushimning so'ngida,
Yana yolg'iz qolaman.
Ha men shunday shundayman,
Hasta ko'ngil hundayman.
Kunduzlarda tundayman,
Ko'plar ko'rib hayrona.
Tikon menga bir alam,
Yongan haslar qalamim.
Men o'zimman bir olam,
Hechkim bilmas g'azabim.
Ko'rgan ko'zi quvnaydi,
Bermasimdan adabin.
Axir ular bilmaydi.
Men axmoqning g'azabin.
Ha, ha yana nima diy,
Men nimaham diyardim.
Yuragimni olib yiy,
Men hammasin bilardim.
Qoldim qotib quyoshda,
Buncha g'am ko'p bu boshda.
Ko'rib siz ham diyarsiz,
Boyvachcha hali yoshda.
Yo'q men to'qsonni urdim,
Yuzga ham bir tanish bor.
Men Dunyoni bilgandim,
Sizga aytsam dunyo tor.
Ha, ha yana nima diy.
Bitta o'zim o'zgaman.
Yuragimni yulib yiy,
Men dunyoni buzganman.
Dunyo esa ranjigan.
Hafa hatto zamona.
Meni armon g'ajigan.
Boray qaysi tamona.
Kim meni devona der,
Kimdir ko'ngli vayrona.
Asli meni bir g'am yer,
Bunga Dunyo Hayrona
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев