Sig'may qoldim shu keng olamga.
Mening jonim olsang mayliga,
Tangrim tegma hasta Onamga.
Undan mu'min banda ko'rdingmi?
Uni suyib azob berdingmi?
Qara joni azobda qoldi,
Yoki shuni ravo ko'rdingmi.
Kel shu dardni bo'ynimga yukla,
Men ko'taray mahsharga qadar.
Onam qancha azob ko'rgandi
Oshib kuyar qiynasang agar
Qara sochi qordan ham oppoq
Endi ellik ikkiga kirdi.
Yuzlari ham hazonli yaproq
Yashnamayin erta to'kildi.
Hali mening to'ylarim ko'rsin
Ona degan bo'ylarim ko'rsin.
Yo tangrim ayla ixtirom
Uyim to'rin to'ldirib tursin.
Qalamlarim ojiz bariga
Tog'lar talqon Onam sabriga.
Aziz do'stlar aziz mu'minlar
Erta yeting Ona qadriga
Otash bek
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5