ESM-China tadqiqotchisi Sung Chang Xuning ta’kidlashicha, iPhone 6 smartfonining batareyasi kattaroq sig‘imga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi.
Chang Xu iPhone 6’da 1820 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilganini tasdiqladi, biroq bu shunchaki smartfonni tekshirish uchun qo‘yilgani va iPhone 6 smartfonida 2100 mA·soat quvvatga ega batareya bo‘lishini taxmin qildi.
iPhone 6 avvalgilariga nisbatan ingichkaroq (taxminlarga ko‘ra 6 millimetr) bo‘lishi sabab, Apple batareyalarni ham ingichkaroq (2 millimetrdan kichik) qilishni istagan edi. iPhone 5s qalinligi esa 7,6 millimetr va odatiy iPhone batareyalarining qalinligi 2,8–2,9 millimetr bo‘ladi.
Bu shunchaki taxmin xolos, balki iPhone 6 batareyasi haqidagi aniq ma’lumotni 9-sentabr kuni Apple’ning katta tadbiridan bilib olishimiz mumkin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев