RO'ZAning sifati va qismlari...
Ro’za quyidagi qismlarga bo’linadi:
1. Farz.
2. Vojib.
3. Nafl.
4. Makruh.
1. Farz bo’lgan ro’za.
Ramazon ro’zasining adosi va qazosi,
kafforat ro’zalari, nazr ro’zalari.
Izoh: Kafforat ro’za tutishni farz
qiladigan asosiy holatlar: Ramazon
ro’zasini bilib turib buzish, odam
o’ldirish, zihor, ya’ni kishining o’z
xotinini yoki uning bir a’zosini
onasiga yoki onasining o’sha a’zosiga
o’xshatishi. Bu uchta holat uchun
tanaffussiz ikki oy ro’za tutish kerak.
Qasamni buzgani uchun uch kun,
hajda ihromda bo’lib ov qilsa,
o’ldirilgan hayvon jinsiga ko’ra, turli
miqdorda ro’za tutiladi.
2. Vojib ro’za nafl niyati bilan tutilgan
va keyinroq buzilgan ro’zalarning
qazosidir.
3. Nafl ro’za. Muharram oyining
to’qqizinchi kuni (yoki o’n birinchi
kuni) va o’ninchi kuni ro’za tutish.
a) Har arabiy oyning uch kunida ro’za
tutish.
Bu uch kun oyning kechalari oydin
bo’lgan 13, 14, 15-kunlaridir.
b)Haftaning dushanba, payshanba
kunlari ro’za tutish.
d) Shavvol oyida bo’lib-bo’lib olti
kun ro’za tutish.
e) Tutilsa savob bo’ladi, deb
hadislarda aytilgan ro’zalar. Dovud,
alayhissalom, ro’zalari kabi (u kishi
bir kun ro’za tutib, ikkinchi kun
tutmas edilar). Bu nafl ro’zalarning
eng fazilatlisi va Allohga xush
keladiganidir.
Bu aytilgan ro’zalardan boshqa vaqti
tayin bo’lmagan, makruhligiga dalil
bo’lmagan ro’zalar ham bor.
4. Makruh ro’za tanzihiy va tahrimiy
makruh ro’zalarga bo’linadi. Tanzihiy
makruh Muharram oyida to’qqizinchi
yoki o’n birinchi kunlarini
qo’shmasdan, faqat o’ninchi – Ashuro
kuni tutilgan ro’zadir.
Tahrimiy makruh Ramazon hayiti va
Qurbon hayiti, tashriq kunlari,
faqatgina juma yoki faqatgina shanba
kunida, Navro’z (21-mart) va Mehrjon
(17-sentabr) bayramlari kuni ro’za
tutishdir. Biroq Navro’z va Mehrjon
ro’za tutishni odat qilgan kunlariga
to’g’ri kelsa, u kunda ro’za tutishning
karohiyati yo’qdir.
Ikki kun, o’rtada og’iz ochmay,
birdaniga ro’za tutish, yil bo’yi ro’za
tutish (tanzihiy) makruhdir.
Saharda niyat qilinishi shart
bo’lmagan ro’zalar:
1. Ramazon kunlaridagi ro’za.
2. Vaqti tayin bo’lgan nazr ro’zasi.
3. Nafl ro’za.
Bu ro’zalarga sahardan to kun tikkaga
kelishidan oldingi zuho vaqtigacha
niyat qilsa bo’ladi.
Yana bu ro’zalarni, xoh musofir, xoh
kasal bo’lsa-da, “ertaga ro’za
tutaman” yoki “nafl ro’za tutaman”
deb niyat qilsa ham, ro’za durust
bo’ladi.
Sog’lom va muqi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев