Unda tuman hayoti va taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
• tuman adliya bo‘limining 2025-yil 9 oyi davomida olib borgan ishlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlari haqida hisobot;
• 2025-yil III-chorak yakunlari bo‘yicha shakllangan qo‘shimcha manbalarni mahalliy byudjet xarajatlariga yo‘naltirish;
• 2025-yilga mo‘ljallangan tuman byudjetiga o‘zgartirish kiritish;
• Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yoshlar bilan ochiq muloqot yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi va yoshlar bilan olib borilgan ishlar;
• «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish;
• deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish jadvalini tasdiqlash;
• «VEOLIA ENERGY TASHKENT», «Chilonzor tumangaz» hamda Elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining kuz-qishga tayyorgarlik bo‘yicha axborotlari.
Barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholining turmush sifatini oshirish hamda mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев