NOLASI! - 5 oktabr_Bugun men yaraldim, lekin ota onam
bundan bexabar. Men juda kichkinaman xatto olma urug'idan
ham kichkina. Nima bo'lganda ham men borman va buni
hech kim inkor eta olmaydi. - 15 oktabr_Biroz kattargan
bo'lsamda harakat qiladigon ahvoldamasman. Onam qalbini
shundoqqina pastida joylashib olganman. -22 oktabr_Og'zim
shakllana boshladi, bir yildan keyin men ham mazza qilib
kuladigon bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud
emas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda to'g'rimi? - 27
oktabr_Yuragim ura boshladi, bundan keyin umrimni
oxirigacha dukkillab urib turadi. Uni zavqu shavqqa
to'ldiraman hali. - 12 noyabr_ Barmoq chiqara boshladim.
Xali ular bilan sochimni tarayman gullar teraman. Men sizga
bir sirni ochay men qizbolaman. - 20 noyabr_ Bugun onam
do'xtirga bordi. Borligimni bilib rosa sevingan bo'lsangiz
kerak-a oyijon! Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz.
- 13 dekabr_Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat
qorong'u joydaman xolos. Ammo baribir baxtiyorman
yaqinda dunyo yuzini ko'raman. - 24 dekabr_Onajon! Men
juda sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni,
bag'ringizda maza qilib uxlashni xoxlayman. - 28 dekabr_
Onajonim do'xtirga keldi. Voy nimalar deyapsiz onajon?
Rizqni Olloh beradiku! - 29 dekabr_Ex onajonim, nega
tug'ilishimni istamayapsiz? Nega jajji qo'llarim bilan
yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni xohlamayapsiz?
Afsus... Ox! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni
qutqaring, onajon!... Onaaa joon...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев