Hayot sinamoqda sabrim so'nmoqda
Beshavqat kimsalarga yurak ko'nmoqda
Taqdirga tan berib yig'ladi sevgim
Bardoshi yetmadi bag'rim yonmoqda
Sinov deb bariga ko'zimni yumdim
Yorimdan ayrilib hayolga cho'mdim
Kurashmay hayotning sinovlariga
Haqiqiy sevgimni yurakka ko'mdim
Endi mehrim bir tiyin qadrim bir tiyin
Ba'zilar qilmoqda bilmoqda o'yin
Hayotda yashamoq uchun tinchgina
Qo'l siltab barini unutish qiyin
Jilmayib boqardi ko'zlari yolg'on
Bergan va'dalari so'zlari yolg'on
Xiyonat bag'rimni ezmoqda hamon
Chiroyi yolg'on-u yuzlari yolg'on
Taqdirdan zir titrab muxabbat qochdi
Qalbim o'z eshigini nafratga ochdi
Butun vujudimni egallab olib
Nafrat ham zahrini atrofga sochdi
Bir kam dunyo deydilar kami to'lmaydi
Muxabbat va nafratni cheki bo'lmaydi
Ikkisi chambarchas bog'liq lek albat
Muxabbat o'lsa ham nafrat o'lmaydi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1