Предыдущая публикация
Uch to'rt so'm pul dunyo topay deb
Orzularga imkon topay deb
Olov bo'lib o'tdek yonibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Armonlarga burkandi ko'nglim
Zoya ketdi shuncha yil umrim
Baquvvatman kuchliman derdim
Quvvatimni qumdek yoyibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Mehrga-ku to'ymadi yurak
Ota - Onam holimdan halak
Ko'zlaganim osmon-u falak
Shukr qilmay yerdan nolibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Akamga ko'p zardalar qilib
Ba'zan aybim bo'yniga ilib
O'zimni-chi daholar bilib
Kibrga men juda botibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Kulfat boshga kelgan mahalda
Dardlarimga bo'lmadi dalda
Hayot degan katta bir yo'lda
Taqdir g'olib. Men-chi mag'lubman
Yoshligimni yosh yo'qotibman...
Sheraliyev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев