8- mart, ertalabki soat 6 da budilnik jiringladi, erinib uyg'ondim, o'zimcha so'kindim, kim chiqargan ekan shu bayramni deb, kiyinib ko'chaga chiqdim, xotinimga sovg'a olish uchun. Avval gul do'koniga bordim, yopiq ekan, havo sovuq edi, ayozli shabboda esib turardi, yerlarda esa qor hali erimagan. Do'kon oldida turib sigaret tutatdim. Shunda to'grimda turgan alkash rus cholga ko'zim tushdi. E'tibor berib qarasam, u alkashga o'xshamasdi, ustida 65- yillar plashi, toza yuvilgan, g'ijimlari ham yo'q, shimi ham eski bo'lsada chizig'i bilinib turardi, tuflisi oynadek yaltirardi.... Gulchi ayol keldi, ichkariga kirdik, chol bir dona guling nechi pul deb so'radi. Ayol esa, alkashga gul nimaga kerak deb haydadi, chol hayron bo'ldi va yana past ovozda so'radi bir dona gulingni narxini ayt qizim. Ayol esa qarg'ashda davom etdi. Cholni ko'zidan bir tomchi yosh sovuqdan ko'kargan qo'llariga dumaladi. Meni jahlim chiqdi va ayolni urishdim va bir savati qancha turishini so'radim, u aytgan pulni oyoqlari ostiga otib, cholga savatni berdim. Chol hayron bo'lib qaradi, chunki u tekinxo'r alkash emasdi. Men unga tushuntirdim, ota bu gulni ayolizga oborib bering, ikkalamizdan sovg'a dedim. Va ko'z yoshimni yashirish uchun burildim. U esa ortimdan: ''U bilan 45 yil birga yashadik, u hozir betob yotibdi, balki bu uning hayotidagi ohirgi 8- martdir.... Men esa uni bayramda sovg'asiz qolishini hohlamadim....''. Mana haqiqiy muhabbat, men esa bor pulimga ham sovg'a olishga eringandim....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2