"Googoogsha" (Hayoti Haqida)
Gulnora Islomovna Karimova
1972-yilda tugʻilgan, Fargʻona
— Oʻzbekiston prezidenti Islom
Karimovning toʻngʻich qizi.
2010-yil yanvaridan 2012-yil
iyuligacha Oʻzbekistonning
Ispaniyadagi elchisi.
Kasbi boʻyicha zargarlik
buyumlari dizayni sohasida
ishlaydi, GooGooSha nomli
sahna taxallusi bilan
qoʻshiqchi sifatida mashhur,
«Oʻzbekiston madaniyati va
sanʼati forumi» Fondining
vasiylik kengashi va boshqa
jamoatchilik tashkilotlari raisi.
Gulnora Karimova Islom Karimov
va Tatyana Karimovaning
toʻngʻich qizi, Fargʻonada
tugʻilgan. 1988-yili u
Toshkentda yosh matematiklar
akademiyasini tugatgan, 1994
yili — Toshkent davlat
universiteti falsafa-iqtisodiyot
fakultetining xalqaro iqtisodiyot
boʻlimini bakalavr darajasini
bilan tamomladi. 1992-yili shu
bilan birga Nyu-york shtati
universiteti qoshidagi Moda
texnologiyalari institutida tahsil
oldi. 1996-yili Karimova
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi qoshidagi
Iqtisodiyot institutining
magistraturasini bitirdi, 2000-
yili Garvard universitetida
sanʼat magistri darajasiga ega
boʻldi. 2001-yili u Toshkent
Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiyasi universitetida
siyosiy fanlar doktori boʻldi,
2009-yili esa oʻsha yerning
oʻzida professor ilmiy
darajasini oldi. 2006-yili
Karimova Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida
telekommunikatsiyalar sohasida
bakalavr darajasiga erishdi.
1995-yil iyul oyida Karimova
Oʻzbekiston tashqi ishlar
vazirligida ishlashni boshladi,
vazir maslahatchisi lavozimini
egalladi. 2003-yil sentabridan
boshlab to 2005-yil apreligacha
u Oʻzbekistonning Rossiyadagi
elchixonasida maslahatchi-elchi
boʻlib ishladi, bunga qadar
Nyu-yorkdagi BMT shtab-
kvartirasida Oʻzbekistonning
doimiy vakolatxonasi
maslahatchisi edi. 2008-yil
fevral oyida u Oʻzbekiston
tashqi ishlar vazirligida
Madaniy-ijtimoiy sohada
xalqaro hamkorlik masalalari
boʻyicha oʻrinbosar etib
tayinlandi. 2008-yil sentabr
oyida Karimova BMT qoshidagi
va Jenevadagi boshqa xalqaro
tashkilotlarda Oʻzbekiston
Respublikasining doimiy vakili
etib tayinlandi.
2010-yil yanvar oyida Karimova
Oʻzbekistonning Ispaniyadagi
elchisi etib tayinlandi.
2012-yil iyul oyi boshlarida
Gulnora Karimova Ispaniyadagi
Oʻzbekiston elchisi vazifasini
tark etdi.
1991-yil iyul oyida Gulnora
dugonasining tugʻilgan kunida
AQSh fuqarosi boʻlgan
Afgʻonistonlik etnik oʻzbek
Mansur Maqsudiy bilan tanishdi
va unga turmushga chiqdi.
Nikohdan keyin Gulnoraning eri
Toshkentdagi Coca-Cola
kompaniyasi vakolatxonasining
direktori lavozimini egalladi.
Ushbu nikohdan 1993-yili Islom
ismli oʻgʻli dunyoga keldi,
1999-yili esa qizi - Iman. 2001-
yili nikoh buzildi, Karimova
bolalari bilan birga Nyu-
Jersidagi oilaviy uyidan ketdi.
Nikoh ajrimi jarayoni 2 yilga
choʻzildi va xalqaro janjalga
aylanib ketdi. Amerika sudi
Maqsudiyga bolalarga vasiylik
huquqini berdi, Gulnoraga
sobiq eriga bolalarni qaytarish
talabini qoʻydi va ularni ushlab
turgani uchun sanksiya berdi.
Bunga javoban Oʻzbekiston
hukumati Mansurni qalloblikda,
soliqlarni yashirishda, juda katta
miqdordagi poralar olganlikda,
mulkni oʻgʻirlashda va pullarni
yuvishda aybladi va xalqaro
qidiruvga eʼlon berdi. 2008-yil
9-iyulda Nyu-Jersi shtati Oliy
sudi sudyasi Den M. Vilson
Gulnora Karimovaga ikkala
farzandi uchun toʻliq huquqni
qaytarishga qaror chiqardi.
Gulnora Karimova Googoosha
taxallusi bilan kuylaydi, sheʼrlar
yozadi va musiqa bastalaydi. U
professional darajada vokal
(metso-soprano) bilan
shugʻullandi, Xulio Iglesias va
Montserrat Kabale kabi taniqli
qo'shiqchilar bilan ijodiy duetlar
ijro etdi. Oʻzbekistonda uning
qoʻshiqlari radio boʻyicha va
musiqiy kanallarda eshittiriladi.
2012-yil iyun oyida Googoosha
AQShda, shuningdek iTunes,
Amazon va b. orqali xalqaro
savdoda birinchi ingliz tilidagi
albomini chiqardi. Albom
rossiyalik produser va
musiqachi Maks Fadeyev bilan
hamkorlikda yaratildi va u 12
kompositsiya va amerikalik di-
jey White Shadowdan Round
Run singliga ishlangan
remiksdan tashkil topgan.
Karimova oʻzining realgoogoosha.com nomli
saytida, shuningdek oʻzining
Facebook va Twitterdagi
sahifalarida mashhur Billboard
musiqiy jurnali reytingi
skrinshotini joylashtirdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5