Sendagi dardlarni aytgin kim olar, O`zinga ishongin faqat o`zinga. Och qolsang dushmanlar ustingdan kular, Nogaxon do`sting ham izsiz yo`qolar. Ishongan tog`laring qani ayt ular, O`zinga ishongin faqat o`zinga. Allohga shukur qil chidab bariga, Bir kuni yetarsan obro` zo`riga. Ketmagin orzudan chetlab nariga, O`zinga ishongin faqat o`zinga. Mayli sen chidagin g`amlarni yutib, Osmonu falakdan mo`jiza kutib. Yiqilsang yo`lingda tur qadding tutib, O`zinga ishongin faqat o`zinga. Gul kabi so`nmagin yomg`irlar yo`g`ar, Quyosh ham ko`klardan senga qo`l cho`zar. Birgina gunoxdan qilgin sen xazar, O`zinga ishongin faqat o`zinga.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев