tushmasin yo'ling,
Mayli, o'rtanmagin
xijronda yonib.
Chaqirsam, qidirma
o'ngingu so'ling,
Tunlari sog'inchdan ketma
uyg'onib.
Mayli, orzuimga bo'lmagin
yo'ldosh,
Ko'nglim ko'chasiga
boqma, roziman.
Yuraging yumshatmay
qilib olgin tosh,
Garchi tog' eritar kuyning
soziman.
Mayli, xayolingga keltirma
meni,
O’ylama, yolvorib aytgan
so’zlarim.
Havotirga aslo solmasin
seni
Orqangdan termulib
qolgan ko’zlarim.
Mayli, dilim rangin
farqlamay yasha,
Jo’r bo’lma ko’ksimning
g’am nolasiga.
Toqatim yomg’irdek
yog’ilib tushar
Teginma sabrimning
piyolasiga.
Mayli, azobimni bilmay
qo’yaver,
Axir men azaldan dardga
hamxona.
Baxtga to’lib-toshib, qonib,
to’yaver,
Duolar etaman seni
pinhona.
Mayli, begona tut, ismim
eslama,
Garchand noming abad
ichda tutganman.
Bahoru, yoz hamda
kuzdan izlama,
Sovuq qish tubiga cho’kib
ketganman...
Mayli,
yodga olma bir bor –
kerakmas,
Faqat... jonim "BAXTLI" bo'lsang bas....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1