O'yladim ortimga astoydil
boqib,
O'yladim hayolan o'tgan umrimni.
Men keldim Onamning qornini
qoqib
Lek afsus ko'rmayin qoldim Damni.
Demak ikkimiz ham o'rin
almashib
Diydorni maxsharga qildik nasiya.
Men keldim dunyoga rostdan adashib
Dadam jonin menga qildi hadiya.
Sung hayot beshigim tebrata ketdi
Yaratgan Yodgor deb qo'ydi ismimni
Onam esa oxir murodga yetdi
Dadasis ko'rardim o'tgan
kunimni.
Oq sutin ayamay qornim
to'yg'azib
Oq yo'rgak oralab bo'yga
yetkazdi.
Menga go'shlar berib O'zi non gajib
Har kunin onajon shunday o'tkazdi.
Kun o'tdi oy o'tdi maktab yoshida
Salanglab yurardim Onam
qoshida.
Kunda kitob yirtib to'polon qilib
Chiqim tayorlardim har
maoshiga.
O'zi kiymaganin bilmasdim essiz
Bir ko'ylak yana bir rumoli rangsiz.
Yurardi kovishda bilmasdim buni
Ox men shunday farzand
shunchalar yussiz.
Ulg'aydim bo'ylarim bo'yga teng
bo'lib
Semirib qolgandim yuzlarim to'lib.
Yonimga bir bora boqib
qo'ymapman
Onam esa qolgandi erta kun so'lib.
Axiyri boshimga bir aqil tepdi
O'z bo'ynimga oldim tirikchilikni.
Do'stim pista sotsam attorchi debdi
Aybi bo'larmidi yigitchilikni.
Onam bechorani ancha qiynadim
Mana 16 yil rosa o'ynadim.
Endi sekin asta ko'cha kuylarda
Katta hayotga ham sekin
bo'yladim.
Uyda xotiri jam yuzida quvonch
Duoda qo'llari onam kutardi.
Har kuni yangi baxt yangi hodisa
Meni omadlarim yo'lda kutardi.
Bir necha yil qurtob pistalar sotib
Sovuq qirovlarda muzlarday qotib
Yetdim murodimga orzularimga
Issiq saratonda, yomgurda yotib
Yigirmaga kirdim bo'yimda bo'y
bor
Har kuni yo'ldaman yo'limda yo'l bor.
Ming shukur Hudoga oshigim olchi
Har ishni o'ylayman o'yimda o'y bor.
Yana sekin asta onamga boqdim
Darvoza ortida o'tiradi jim.
Hayriyat hotir jam eshikni
qoqdim
Quvondi keldi den jonajon o'g'lim.
Uyimda farishta sarishtam onam
Oqilu donodur har ishda onam.
Baxtimga sog' omon yursangiz deyman
Kirib yuring siz ham ming yoshga ONAM.
Admin Izzatillo:
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Eng chiroyli va Eng dilga yaqin sherlar suzlar faqat bizada marhamat
http://ok.ru/group/54364144533747