ERKAK YIG'LAMASIN omad ketsa ham.
Hech kimsa bölmasin baxtidan judo,
ERKAK YIG'LAMASIN davlat ketsa ham.!
Berganda shukr qil olganda sabr,
Shoshilib özinga qazmagin qabr.
Yigitchilik darsin öqimasdan axir,
ERKAK YIG'LAMASIN hech vaqt sinsa ham.!
Yiqilsang ustingdan kuladi nomard,
Aslida aybing yöq biladi nomard.
Shoshma özi qaytib keladi nomard,
ERKAK YIG'LAMASIN duwman kulsa ham.!
Boshiga tushganda nogoh qaro tun,
Yölida uchrasa bir döst sotqin.
Ey xayot egmagin hech qachon qaddin,
ERKAK YIG'LAMASIN savlat ketsa ham.!
Yigitga ne kerak bir chin döst kerak,
Yigitga ne kerak yorug' yuz kerak.
Mol davlati nomus, ori bölsa but,
Yigitga ne kerak bir gul yuz kerak.!
Ey ayol erkakning umrin qil obod,
Ey ayol erkakning etgin qalbin wod.
Ey ayol baxtini qilmagin barbod,
ERKAK YIG'LAMASIN chin baxt ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN charchab ketsa ham.!
Yig'lamay bölmaydi tuxmat zarbidan,
Yig'lamay bölmaydi xasad jabridan.
Yig'lamay bölmaydi ayol makridan,
ERKAK YIG'LAMASIN izzat ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN xurmat ketsa ham.!
Bir kun sovuq bir kun chög'i bor ekan,
Turmuwning bori bor yög'i bor ekan.
Ota degan nomni bulgasa farzand,
ERKAK YIG'LAMASIN kulfat kelsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN yulmat kelsa ham.!
Yigitning parvozda qanoti döstdur,
Yigitning söngidan najoti döstdur.
Yigitning hayoti mamoti döstdur,
ERKAK YIG'LAMASIN chin döst ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMAYDI gar döst sotsa ham.!
Pul bor joyda biling,döst bor dushman bor,
Pul bor joyda biling,rost bor yolg'on bor.
Pul bor joyda biling, nafs bor shayton bor,
ERKAK YIG'LAMASIN döst pand bersa ham.!
Boylik adashmoqlik uchunmi ayting,
Boylik hatto baxtdan ustunmi ayting.
Boylik hayotga mazmunmi ayting,
ERKAK YIG'LAMASIN g'iybat bölsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN kulfat kelsa ham.!
Onasin haqorat qilganni kördik,
Xotini xiyonat qilganni kördik.
Farzandni jinoyat qilganni kördik,
ERKAK YIG'LAMASIN u dard kelsa ham.!
Yiqilganda qochsa qonu qarindosh,
Ey yigit sinmagin egib yurma bosh.
Belga belbog' bölsin doim sabr tosh,
ERKAK YIG'LAMAYDI madad ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMAYDI omad ketsa ham.!
Kimdur körolmasa turgan joyingni,
Boshing silab og'ulatib choyingni.
Ulfat bölib möljallasa poyingni,
ERKAK YIG'LAMASIN kim past ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN dösti sotsa ham.!
Tillagga öch bölmoq ayolning kasbi,
Er yigit xaromdan qochadi asli.
Öksinmas yöqotsa duru zar qasrin,
ERKAK YIG'LAMASIN ziynat ketsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN davlat ketsa ham.!
Baxting kesmoq bölsa ichi qoralar,
Sochinga shu g'amdan ming oq oralar.
Yuzdan yoshlik qochsa diling poralar,
ERKAK YIG'LAMASIN quvvat ketsa ham.!
Boshinga ming sinov sinoat kelsa,
Közdan uyqu qochib halovat ketsa.
Iwlaring yurishmay boshga dard yetsa,
ERKAK YIG'LAMASIN rohat ketsa ham.!
Bir manman maqtansa örtaga kirib,
Mendan zöri yöq deb köksini kerib.
Kamsitmoq bölsa gar seni past körib,
ERKAK YIG'LAMASIN kamköst bölsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN kim past ketsa ham.!
Muhabbatga atab köngil zavrini,
Ishqning dunyosiga bersa borini.
Dil kuyib yöqotib qöysa yorini,
ERKAK YIG'LAMASIN gulyuz ketsa ham.!
Yig'lamasin baxti gar chalkash bölsa,
Ishongan döslari maydakash bölsa.
Hech kimga ishonmay köngli g'ash bölsa,
ERKAK YIG'LAMASIN yolg'iz qolsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN ojiz qolsa ham.!
Yigitni yöq qilar xarom öyinlar,
Bitta xatoying ham seni yöq qilar.
Sabr qil bir kuni omading kelar,
ERKAK YIG'LAMASIN ojiz bölsa ham.!
Dardingni berar ham olar ham özi,
Sarg'aymasin qarzdan hech kimning yuzi.
Mehnatdan töxtama vaqt özi qozi,
ERKAK YIG'LAMASIN ming qarz bölsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN dil dars ketsa ham.!
Quvonma köchangda bölsa ham bayram,
Bayramning ortidan keladi motam.
Yiqilsang ustingdan kimdur kulsa ham,
ERKAK YIG'LAMASIN hech vaqt sinsa ham.!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев