Har kuni shu ahvol ichadi to'xtamay,
Mayga to'la qadax tugab borgani sari,
Bir necha soatga unutilar dardlari,
Tongi soat 7 bedor o'tkazgan tun,
Kunida yo'q ma'no holati tushkun,
Chidashga harakat qilar tishni qo'yib tishga,
Yana kechikib boradi doimgidek ishga,
Hammasi boshqacha edi bir necha oy oldin,
Sevgani yonida edi baxti edi butun,
Yoshga to'la ko'zlarida to'la edi quvonch,
Yuzidan sezilardi ertangi kunga ishonch,
Endi na ishonchi na sevgani bor,
Xiyonatmikin bu savol aylanar takror,
Orzusiz qolgan yurakka armon bo'ldi sherik,
Hammasi tugagani qoldi faqat yolg'izlik,
Esga olar uni, ko'zlarida charchoq,
Yagona ermagi qo'lidagi ko'zmunchoq,
Ha, bu o'sha munchoq qolgan o'sha qizdan,
Qancha vaqt o'tmasin u qiz chiqmaydi esdan,
Vaqt hammasiga davo deyishgandi unga,
Lek yurakdagi sog'inchi ortar kundan-kunga,
Qo'lida mobili qizni raqamin terar,
Aqldan ozdimikin alam bilan yig'lar,
Yaqindagina ikki yosh sevishgan yurak,
Birga edi doim bir maqsad, bitta istak,
Begona edi ularga ayriliq, shubha, gumon,
Yurakda to'la orzu begona hatto armon,
Endichi o'tdi-ketdi hammasi kechagi kun,
Qiz ketdi, bola hayoti esa ostin-ustin,
Ikkita sur'at va ko'zmunchoq u kundan estalik,
Boshqa hech narsa yo'q faqatgina yolg'izlik.
Bugun 20 aprel qizni tug'ilgan kuni,
Bolani qo'lida qiz sevgan atir guli,
Og'ir qadam tashlar qiz ketgan yo'l tomon,
Manzil ham uzoqmas yer yuzidagi qabriston,
Yurak yonib, holdan tolib borar qizni qabriga,
Tiz cho'kib yig'laydi bosib qabrni bag'riga,
Kechir aybdorman so'zimda turolmadim,
Qancha harakat qilsam ham seni unutolmadim.
Ko'ziga to'lgan yosh oqar to'xtamaydi,
Yurakdagi dardin hech kim ololmaydi,
Armonli sevgisi qalbida yashaydi,
U qizni o'rnini hech kim bosolmaydi...
#музыка
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев