Yuziga tushardi ikki qora zulfi yarashib
Chiroyli kulishidan qalbda xayajon oshardi
O'ziga yarashardi tikilib qarashi
Gap so'zi manoli va odob bilan gapirardi
Bir kunda necha bora gaplashsakda salom berib
Ayib menda bo'lganda ham kechirimni u so'rardi
Men uni jilmayishidan jahlimdan tushardim erib
Rashkim kuchli edi bazan urushardim qattiq
U ham oldingi qizlarim eslab so'roqqa tutardi
Undan o'zga qizlar endi qizziq emasdi ortiq
Bazan qo'ng'irog'im tunda uhlamay kutardi
Arazi yarashardi yuzin olib qochganida
Mehribon edi juda issiq kiyining deb doyim
Orzu qilardim bir kun keb ertalab ko'z ochganimda
Halolim bo'lib uyg'otsin ertalab turing deb koyib
Ha u meni birdonam edi
Sarviqomatofatijonim
Yuragimga oromim edi
Labi shakarim lablari bolim
Yo'q u aslida unchalik chiroyli emas ekan
U ham hamma qizlar kabi oddiy bir qizlar qatori
Sevgini qoyillatsada vafoni bilmas ekan
Soddaginam desam bugun boshqasin hushtori
U uhlamay qo'ng'iroq qilishim kutmas asli
U shunchaki kech uhlarkan, men bo'lsam bo'lmasam
U ham shayton vasvasasin oldida bo'larkan taslim
U ham yolg'on gapirarkan kaminaga muntazam
Ayb menda bo'lsada u kechirim so'rardi ha
Balki uni ayiblari menikidan sifatlidir
G'azabimni uning bitta arazi qilardi hal
Balki uning jilmayishi men o'ylaganimdan havflidir
Soxta ekan bu mehr soxtadir rashq qilishi
Unga qiziq emas asli issiq yuppun kiyishim
Tayin bo' ldi hotin bo'lsa umrimni ham yiyishi
Bu galarim andisha qib tilimni tiyishim
Endi bilsam arzimas ekan
Gulim desam hafa bo'lar gul
Sof mehrimni u bilmas ekan
Lekin qalbimdan ketmadi butkul...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев