oldimizga kamalak jilosiday atlas
ko‘ylakli, sochlari majnuntolni
eslatuvchi mayda kokil qilib
o‘rilgan, boshqa millat qizlaridan
ajralib turuvchi betakror va go‘zal
tabassumli qizlar gavdalanadi.
Biroq bugungi kunga kelib, ular
haqidagi fikrimiz yuqorida
tasvirlab o‘tganimizday emasligi
barchamizga ma’lum. Shu o‘rinda
esa xaqli bir savol tug‘iladi. Nega
o‘zbek qizlari haqidagi tasavvurlar
o‘zgarib bormoqda?
Bu savolga javob izlash har
birimizning shaxsiy
dunyoqarashimizga bog‘liq.
Afsuski men, bugungi o‘zbek
qizlarining, tengdoshlarimning
kiyinish madaniyati haqida ijobiy
fikr bildira olmayman. Chunki
bugun ko‘cha-ko‘yda o‘zbek
qizlarini boshqa millat qizlaridan
deyarli farqlab bo‘lmaydi.
Nazarimda, ular Yevropa
modasining «asiralariga» aylanib
qolishmoqda. Belidan pastda
turadigan tor shimlar, qorni ochiq
koftalar, kalta yubkalar, bularning
bari o‘zbek qizlarining o‘zligini
yo‘qotishga zamin yaratib
bermoqda. Axir, aytishadi-ku,
agar biror bir millatni yo‘q
qilmoqchi bo‘lsang, eng avvalo
uning madaniyatini yo‘q qil,
chunki madaniyatini yo‘qotgan
millat o‘z-o‘zidan yo‘qolib
boraveradi, deb.
Madaniyatimizning ajralmas
bo‘lagi esa bu, yoshlarimizning
kiyinish madaniyatidir. Shunday
ekan, qanday qilib kiyinish
madaniyatida yuzaga kelayotgan
mazkur holni bugungi kunning
dolzarb mavzusi hisoblamasligimiz
kerak. Axir, kundan-kunga
«zamonaviylashib» borayotgan
o‘zbek qizlarining kiyinish
madaniyati yo‘qolib bormoqda-ku.
Milliy kiyimlarimiz kelinlar
sarposini ko‘paytirishgagina
xizmat qilib qolayapti. Afsuslar
bo‘lsinki, Yevropa uslubida
kiyinmaslikni ayrim qizlar
zamondan orqada qolish deb
hisoblashadi. Lekin bu fikr
mutlaqo noto‘g‘ri. Insonning
kiyinish uslubi uning madaniyati
qanchalik boy ekanligini yaqqol
namoyon etuvchi muhim omil
hisoblanadi. Yevropa modasida urf
bo‘lgan oldi-qochdi kiyimlarni
kiyib, o‘zini bugungi kunning
zamonaviy qizi deb hisoblovchilar
mutlaqo adashadi va aksincha, ular
o‘z ma’naviyatining qanchalik
qashshoq ekanligini mana shu
«zamonaviy» kiyimlari orqali
namoyon etadilar.
Shu o‘rinda yana bir haqiqatni
ham tan olish kerak. O‘zbek
qizlarining kiyinish madaniyati
negizida ota-onalarning ham
muhim o‘rni bor. Chunki
qizlarining uydan qanday kiyimda
chiqib ketishlarini, avvalo,
ularning ota-onalari ko‘rishadi.
Ota-onalar orasida esa, afsuski,
qizlarning kiyinish uslubiga
umuman befarq bo‘lganlar ham
talaygina topiladi.
Fikrimcha, eng avvalo, ota-onalar
qizlarining kiyinishlarini doimiy
nazorat qilib turishsa, o‘z
navbatida qizlarimiz sipo va orasta
kiyinsalar, ular haqida bunday
salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Bu
borada, ayniqsa, o‘quvchi va talaba
qizlar ibrat bo‘lishlari lozim, deb
o‘ylayman. Istaymanki, gul
chehrali qizlarimiz hech qachon
hech qaysi millat qizidan kam
bo‘lmagan holda, go‘zal va
betakror, muhimi, haqiqiy o‘zbek
qizlari bo‘lib qolishadi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1