Ular: din peshvosi, oqlovchi (advokat), fizik olim.
Jazo vaqti kelganda, birinchi bo‘lib diniy olimni keltirishdi. Boshini gilotin (boshni tanadan judo qiladigan uskuna) ostiga qo‘yib undan:
- O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? - deb so‘rashdi.
Din olimi: - Men Allohga ishonaman, Alloh... Alloh... Alloh meni qutqaradi! - dedi.
Gilotin tig‘i zarb bilan tusharkan, boshiga yetmasdan to‘sattan to‘xtab qoldi.
Olamon hayratlanib: - Olimga ozodlik! Dinga ozodlik! Uni ozod qiling! - deb hayqirdi. Din olimi jazodan qutildi.
Navbat oqlovchiga keldi. Undan:
- O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? - deb so‘rashdi.
U: - Men din olimichalik Allohni tanimayman! Lekin men, adolatga ishonaman! Adolat meni qutqaradi! - dedi.
Uskuna tig‘i tushib uning bo‘yniga yetay deganda to‘xtab qoldi.
Olamon yana hayratlandi.
- Oqlovchiga ozodlik! Yashasin adolat! Uni ozod eting! - dedilar. U qutilib qoldi.
So‘nggi navbat fizik olimga keldi. Undan ham: - O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? - deb so‘rashdi.
U: - Men din olimichalik Allohni, oqlovchichalik adolatni bilmayman. Lekin, gilotin arqoni tugun bo‘lib qolgan. Aynan shuning uchun uning tig‘i tushishiga mone’lik qilyapti! - dedi.
Fizikning so‘zi to‘g‘ri chiqdi. Muammoni bartaraf etishdi. Va uning boshini tanasidan judo qilishdi.
Xulosa:
«Sukut qilib biror marta ham nadomat qilmadim. Lekin gapirib qo‘yib ko‘p marta afsuslandim”.
Ba’zan haqiqat bo‘lsa ham, uni aytishdan ko‘ra, og‘zingizni yopishingizda sizga xayr bor!
O‘zingizning donoligingizni ko‘rsatishdan ko‘ra, ba’zan o‘zingizni bilmagan (tentak)ga solishingiz sizga yaxshiroq!
Xulosa o‘zingizdan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев