"Men ahvoli menikidan ko'ra og'irroq biron kimsa bo'lmasa kerak, deb o'ylardim. Chunki boshimdan boshqa barcha a'zolarim falaj edi. Kunlarning birida ustozlarimdan biri: "Yur men bilan, senga sendan-da yomonroq ahvoldagi bir kishini ko'rsataman", dedi. U bilan bordim. Men kabi shal odamni ko'rsatdi. Lekin u mendan ham og'irroq ahvolda edi. Chunki u shalligidan tashqari eshitmas va gapirolmasdi.
-Tasavvur qiling-ga, umuman qimirlamaydi, eshitmaydi va gapirmaydi! -
Shu shal odam bilan insonni yig'latadigan, mudhish bir voqea sodir bo'libti;
Bir kuni ahllari uning oldiga kirsa, uning kiyimi qon ekan. U esa jim yig'lab yotardi. Qarashsa, ikki barmog'i kesilgan. - Ajabo, nima bo'ldi bunga? Qanday qilib barmog'i kesiladi?!! -
Bilishsaki, uning barmoqlarini sichqon yegan. U esa eshitmaydi, harakatlana olmaydi birovni yordamga ham chaqirolmaydi. Sichqon kirib, bemalol uning barmoqlarini yeb bitiradi. U esa alamdan ko'z yosh to'kib, barmoqlariga tikilguncha jiiim yotaveradi!!!
Senchi?!!
Sening barmoqlaring soppa-sog'!!
Sening oyoqlaring soppa-sog'!!
Sen gapira olasan!!
Sen eshita olasan!!
Barcha ne'mat bor senda!!"
Laa ilaaha illalloh
Men bu risolani o'qir ekanman, chuqur nafas oldim-da Robbimga hamd aytdim - ALHAMDULILLAH!!
-----------------------------------
Sizdachi, sizda qanday muammo bor?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев