Ayt ey hayot, senga bitta savolim border,
Nima uchun yomonlarmas yaxshilar xordir?
Ayt ey hayot, bu dunyo bunchalar beshavqat,
Nima uchun faqat meni qiynaysan hayot?
Ayt ey hayot, qachon to’lar yarim ko’ngillar
Ayt ey hayot, bu ko’zlarim ayt qachon kular?
Ayt ey hayot, nega jimsan ayt nega jimsa,
Do’st qadrindosh bir-birini yo’lini to’ssa?
Ayt ey hayot, davo bormi bu dardlarimga,
Ayt ey hayot, shavqat qilgansan o’zi kimga?
Ayt ey hayot, ayt qayerda baxting manzili?
Ayt ey hayot, nahot qadr ipi uzildi?
Ayt ey hayot, nega qadrin bilmaydi inson,
Insonga o’z firkin doim o’tkazar shayton?
Ayt ey hayot, nahot ko’ngil qasri buzildi,
Uzildimi oqibatning oltin zanjiri?
Ayt ey hayot, erlarda yo’qmi erlik darsi?
Qizlardan ketdimi sharmu hayo darsi?
Ayt ey hayot, qay yo’llarda sotildi vijdon,
Ayt ey hayot, qay mozorda ko’mildi iymon?
Ayt ey hayot,qachon to’xtar nohaq ko’z yoshlar,
Sof dillarga botaverar doim g’am toshlar?
Ayt ey hayot, savolim javobsiz qolmasin,
Ayt ey hayot, hech kimning baxti so’lmasin.
Ayt ey hayot,baxtsizga qachon baxt kuladi?
Omadlilar qachon baxtning qadrin biladi?
Ayt ey hayot, ustozlardan qarzlarim qancha,
Ayt ey hayot, yuraktirnar azoblar xanjar.
Ayt ey hayot, g’amdevorlar qachon buzilgay,
Qachongacha ko’z yoshlarim oqib tizilgay?
Ayt ey hayot, Ahad Qayum so’raydi sendan
Ayt ey hayot, dunyo sirin yashirma mendan.
Ayt ey hayot, senga bitta savolim border,
Nima uchun yomonlarmas yaxshilar xordir?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
бу хорлик дуне яралибдики бор и дуне тугагунча хам