Qishloqda dahshatli xabar tarqaldi. Qabristonga yaqindagina qo'yilgan uchta jasadni o'g'irlab ketishibdi.
Ko'rimsizgina qishloqqa yetib borganimda barcha bir ahvolda, sodir bo'lgan dahshatdan vahimaga tushgan. Qabrga qo'yilgan jasadlarni kim yoki nima o'g'irlagani noma'lum.
Qarovsiz go'ristonga yetib borganimda qishloq oqsoqollar o'sha yerda ekan. Uch kun ichida qo'yilgan murdalarning barchasini qabrdan qovlab olishgan, mozorlar atrofida turli yog'och taxtalar, marhuming tagiga qo'yilgan har xil yaltiroq ko'rpa to'shaklar nam tuproq bilan aralashib yotardi.
Meni kutib olib go'ristongacha kuzatib kelgan mahalla posboniga tayinlaganim uchun u qabr boshida to'planganlarga uylariga ketishi mumkinligini, yo'qsa atrofda qoldirilgan izlarni toptab tashashlari mumkinligini aytdi.
Yig'ilganlar pichir pichir qilishib tezda tarqalib ketishdi. Yonimda faqat mahalla raisi va pospon qoldi.
Qabr atrofida hech qanday ajabtovur iz ko'zga tashlanmasdi. Biron yarim izlarni ham mahalliy odamlar alaqachon bosib tashlashgan. Bu ishni kim qilganligi no'malumligicha qolgan.
Qabrlar atrofidan biron g'ayritabiiy izni topishning imkoni bo'lmadi. Faqatgina qabristonning panjarali darvozasi yonidan ikki kun oldin yoqqan yomg'irdan qolgan ko'lmak chetida og'ir botinkali odamning oyoq izi topildi.
-Kuzning shunday sovuq kunlarida kim ham yarim tunda qabristonda izg'ishi mumkin?!, dedi mahalla posponi izni sinchiklab kuzatarkan.
- Siz bu iz aynan yarim tunda qoldirilganini qayerdan bilasiz dedim unga sinchkovlik bilan tikilarkanman.
Pospon bir zum o'zini yo'qotib qo'ydi. Xuddi tezroq aytmasa uni aybdor qilishadigandek shoshilib javob qaytardi:
- Shunchaki taxmin qildim, dedi u kalovlanib, murdalarni yarim tunda olib ketishganligi aniqda shunga bu iz ham yarim tunda qoldirilgan bo'lsa kerak.
- Demak bu iz murda o'g'risiga tegishli ekanligi ehtimoldan holi emas ekanda, dedi mahalla raisi ham mushohada qilib.
- Hali xulosa qilishga erta, bu iz o'g'riga tegishlimi yoki boshqagami bizda isbot yo'q, lekin, hozircha shu izdan boshqa tayinli dalilimiz ham yo'q. Shuning uchun uni saqlab qo'ysak foydadan holi bo'lmaydi.
Mashinamda bunday paytlarda zarur bo'lishi mumkin bo'lgan barcha narsani o'zim bilan olib kelgan edim. Ular orasidan quruq gips qorishmasini olib keldim va obdon suv bilan aralashtirib botinkadan qolgan chuqur izga hafsala bilan quyib chiqdim. Gips bir zumda toshdek qotib qoldi. Uni loydan ajratganimda esa botinkaning gipsdan yasalgan aynan nusxasi hosil bo'ldi qoldi.
Nusxaga qarab o'zim uchun bir ikki narsalarni aniqlashtirib qo'ydim. Botinkaning razmeri 42, uni o'rta b'ylardagi, og'irligi 65-70 kg atrofidagi erkak kishi kiygan. Bu malumotlarni yon daftarimga yozib qo'ydimda , nusxani yelim xaltaga soldim.
Gipsdan yasalgan izni mashinamga joylab keldimda, mahalla raisidan o'g'irlangan murdalar haqida ma'lumot berishini so'radim. Undan bilganlarim shu bo'ldi:
Murdalarning biri yosh yigit, kuni kecha avtohalokatda tanasi majaqlanib ketgan, yana biri yoshi yetmishdan oshgan folbin kampir, u ham kecha tongda vafot etgan peshinga tuproqqa qo'yishgan. Uchinchi murda esa yoshi ellikdan oshgan bir fermerga tegishli ekan, kechadan oldin kuni vafot etibdi, negadir o'z joniga qasd qilibdi, o'zini osib qo'yibdi.
- Ularni bog'lab turadigan biron narsa bormi? Masalan bir biriga qarindoshmi, yo quda andami, yo bo'lmasam biron boshqa aloqalari bormi? Dedim raisga murojat qilib.
Rais ham ko'z oynagi tepasidan mitti ko'zlarini menga qadab, " yo'q, ular qarindosh ham emas, biron aloqalari ham borligini eshitmaganman" degan mujmal javob berdi.
- Qabriston qorovuli qayerda? U bilan ham gaplashib ko'rishimiz kerak!
- Bugun uni uchratmadim, bo'lgan voqeani eshitgach, juftakni rostlagandirda, o'zi bugun kechasi qorovulxonada yotmagan bo'lsa ham kerak, juda mas'uliyatsiz.
- Ha uni ham qayerdan bo'lmasin topishimiz kerak!
Yana biron dalilga ega bo'lish maqsadida go'ristonning omonatgina o'rnatilgan eski yog'och darvozasidan tashqariga, qabriston biqinidan o'tgan yo'lga chiqdik. Namxush tuproq yo'lni yaqindagina o'tgan qo'y qo'zilar podasidan qolgan minglab tuyoq izlari qoplagan edi. Darvoza oldidan esa biron aytarli dalil topilmadi. Tuproq yo'lining oxirida barglari kutilmagan sovuqdan qovjiragan bepoyon tutzor ko'zga tashlanar, tutzorning oxiri esa qir adirlarga tutashib ketgan edi. Yo'lining ikkinchi tomoni esa aholisi gavjum qishloq tomonga olib boradi.
Agar murdalarni kimdir o'g'irlagan bo'lsa, darvozadan chiqqanu, qishloq tomonga ketmagan bo'lishi aniq. Chunki uchta go'rdan murdalarni kovlab olish hazil ish emas, bunga ancha vaqt ketgan, tong otib qolishi, qishloqda esa biron kimsa ularni ko'rib qolishi mumkin bo'lgan. Ular ehtimol, murdalarni mashinada olib ketishgan bo'lganlarida ham tong saharlab izg'ib yurgan mashina kimningdir diqqatini tortishi mumkin.
Shuning uchun o'liklar tutzor tomonga olib ketilgani aniq.
"Olib ketishgan" deb bekorga ko'plik ma'nosida aytayotganim yo'q, bu bir kishining ishi emasligini ko'nglim sezib turibdi.
- Bu yoqqa yuramiz, dedim tutzor tomonni ko'rsatib.
Shu payt raisga qo'ng'iroq bo'ldi.
Go'shak ortidagi aftidan, ayol kishining gaplarini bir zum tingladida, " uzur ukajon, muhim bir yumishim chiqib qoldi, buyog'i endi sizning ishingiz, aybga buyurmaysiz" dedi va shoshib qishloq tomon odimladi.
"Rais ham shunchalik mas'uliyatsiz bo'ladimi?! Shu paytda bundan ham muhim ish bo'lishi mumkinmi!?" Deb o'yladim unda biroz norozi bo'lib.
- Mayli, yuraqol Rustam(posbonning ismi) bu yog'iga yo'lni ikkalamiz davom ettiramiz, tutzorgacha borib ko'raylikchi, balki, qo'lga ilinadigan biron nima topilib qolar.
-Hop bo'ladi, men siz bilan aka, dedi Rustam ham shoshilib, balki nariroqda shunaqa izga duch kelarmiz.
Tutzorga yetib borgunimizcha yo'l ham borgan sari torayaverdi, tor so'qmoq yo'l bo'ylab, qo'y qo'zilar toptab o'tgan nam tuproqni bosib, nihoyat manzilga yetib keldik.
Hayriyatki, tutzor boshlangan joyda cho'pon podani chap tomonga haydab ketgan ekan,
Yo'lning qolgan qismi yana kengaygan va bepoyon tutzorga kirib ketgan bo'lib, tuyoq izlaridan holi edi.
Bu paytda kun peshinga oqqan, g'arb tomondagi quyuq qora bulutlar to'sib qo'ygan edi.
Shu tobda tutzor ham vahimali ko'rinish kasb etgan, shoxlari tarvaqaylagan tutlarning ba'zilarining ildizlari yer ustiga chiqib qolgan, ba'zilari uzoqdan qaraganda allaqanday qo'rqinchli maxluqni yodga solardi.
- Mana buni qarang, dedi Rustam kutilmaganda. Bu paytda biz tutzor ichiga anchagina kirib borgan edik.
Rustam o'tirgan holda qandaydir izlarga tikilib turardi. Yoniga borsa ariq chetidagi nam tuproqda o'sha tanish 42 razmerli og'ir botinkaning izlari turardi.
Shu paytda hayrat bilan aniqlagan narsamiz ham shu bo'ldiki, yerda botinkadan tashqari yana bir nechta izlarni ham ko'rish mumkin edi. Yalangoyoq odam izlari!!!
- Bu yana nimasi bo'ldi, dedi Rustam hayratdan, qaysi ahmoq shunday sovuq havoda yalangayoq tutzorda izg'ishi mumkin?!
- Bu izlar shunchaki izg'imagan, e'tibor beryapsanmi, yalangoyoq izlar botinka kiyganning ortidan ergashishgan, mana, mana bu yerga kelganida botinkali biroz o'ngroqqa yurgan, bu izlar ham uning ortidan o'ngroqqa burilgan. Ular birga bo'lishgan!
- To'g'ri, dedi Rustam ham tasdiqlab, aftidan yalangoyoq izlar ham bir kishiga tegishli emas, ular ikki yo uch kishi bo'lganligi aniq! Birgalashib murdalarni kovlab olishgan -u, tutzor tomonga qarab ketishgan, ularning qabristondagi izlarini esa odamlar bosib tashlashgan. Shuning uchun u yerda biz bu izlarga duch kelmagan bo'lsak kerak.
Shu tobda negadir Rustam meni shu fikrlariga ishontirishga urinayotgandek tuyilib ketdi.
- Balki, shunday bo'lishi ham mumkin, yoki... hali buni vaqt ko'rsatadi. Biz faqat allaqanday izlarga ishonib xulosa qilishimiz yaramaydi. Yo'qsa noto'g'ri yo'ldan ketib qolishimiz turgan gap.
Izlar tutzor ichiga qarab ketgan edi. Bu paytda osmondagi yakkam dukkam uvada bulutlarni qizil rangga bo'yab quyosh bota boshladi.
Qolgan yo'lni cho'ntak fonarining yorug'ida davom ettirdik.
Rustam o'zini bir savol qiynayotganini aytib qoldi.
- Bu izlarni qoldirgan kimsalarning nega faqat bittasi botinka kiyib olgan-u, qolganlari shunday sovuqda oyoqyalang ketishgan ekan, aka?! Nima deb o'ylaysiz?
Ukajon, agar men o'ylayotgan dahshatli gumonni aytsam qo'rqib ketishing mumkin, dedim ichimda. Nima bo'lsa ham bu gumonim gumonligicha qolsin, haqiqat bo'lib chiqmasin ishqilib. Bu gumonimni hozircha siz aziz kitobxonlardan ham yashirishni ma'qul deb hisobladim, voqealar rivojini kuzataylikchi, balki, hammasi butunlay boshqacha tus olar...
- Menimcha, tiqilinchda qolganlari oyoq kiyimlarini qabristonda unutib qoldirishgan bo'lsa kerak, dedim beparvo, bu gapimga o'zimning ham kulgim qistadi.
- Birdan uchchalasi-ya?! Rustam hayratlanib bir zum menga tikilib turdi.
- Bo'lmasa, yana nima bo'lishi mumkin, Rustam, hozircha bizda bundan ortiq taxmin yo'q! Men nimani ko'rgan bo'lsam, sen ham shuni ko'rding. Bundan ortiq xulosa qilishning imkoni yo'q hozir. Sen ko'nglingni hotirjam qilaver, bu yalangoyoq izlarning kimga tegishli ekanligini albatta topamiz, menga ishon. Yaxshisi, bu yo'lning qayerga olib borishini, ana u nima ekanligini ayt, dedim chiroqni tutzorlarning adirga tutashib ketgan uzoq joyidagi allaqanday mitti yorug'likni ko'rsatib.
- Bu Hasanali cho'ponning uyidagi chiroqning nuri. U mana shu tutzorlar qorovuli, ularga qaraydi, birov o'tin uchun kesib ketmasin uchun tutlarni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, suruv suruv qo'y qo'zilarini ham shu tutzorda boqadi. Tirikchiligi shundan.
- Unday bo'lsa u bilan ham gaplashib ko'rsak bo'larkan, dedim, balki kalavaning uchini topishga yordam berar.
- Bo'lishi mumkin, dedi Rustam, har holda u tutzor uchun javobgar odam, bu yerda nimalar bo'layotganini, kechasi kimlar izg'ib yurganligini ham bilar balki...
Bu paytda kech kuzning achchiq sovug'i zabtiga olgan, borliqni allaqachon tun zulmati egallagandi. Hatto osmon ham qop qora tusda, yulduzlar sovuqdan qaltiragandek miltillab zaif nur sochib turardi. Atrofimizni o'ragan bepoyon, katta kichik tutlar esa qorong'uda yanayam vahimali bo'lib, xuddi har birining ortida kimdir yashirinib turgandek tuyulardi.
Biz esa nam tuproq yo'lda qoldirilgan bu g'alati izlarning ortidan og'ishmay ta'qib qilib borardik. Izlar goh bir yerda to'xtab qolar, botinkali bir tarafda tursa, yalangoyoqlar bir tarafda to'planishib qolgan joylarini ham uchratdik, ko'rinishidan shu joyga kelganda botinkali sheriklariga nimadir deb murojaat etgandek, yoki endi qilishlari kerak bo'lgan vazifalarni maslahatlashib olishgandek taassurot uyg'otardi.
Balki rostan ham bu izlar murda o'g'rilariga tegishlidir, balki mana shu vahimali tutlar mash'um voqeaning guvohi bo'lgandir... Agar tillari bo'lganida balki, yaqindagina bir nechta kimsa bu yerdan oppoq kafanga o'ralgan murdalarni olib o'tishganini aytib berishgan bo'larmidi...
Izlar yana yo'lida davom etgan, yana botinkali oldinda, oyoqyalanglar uning orqasidan ergashishgan.
- Mayli, dedim Rustamga murojaat etib, bugun shu izlarning oxiriga yetaylikchi, xudo xohlasa ertaga o'sha Hasanali cho'pon bilan ham bir gaplashib ko'ramiz. Lekin juda uzoqda yashar ekanda...mashina ham bu notekis yo'llardan yuraolmaydi.
- Aksincha, borsa bo'ladi, tutzorni aylanib o'tish mumkin. Agar qishloqda qabristonning yo'liga burilmasdan to'g'ri adir tomonga qarab yurilsa va tutzorni aylanib o'tib chap tomonga burilsa yo'l to'ppa to'g'ri cho'ponning uyiga olib boradi. Tog' etagida Hasanalining uyidan boshqa qo'nalg'a ham yo'q, uzoqdan yakka o'zi ko'zga tashlanib turadi. Osongina topib borsa bo'ladi.
- Bu ish bilan ertagayoq shug'ullanamiz, Rustam, mana bu yerga qara dedim ajablanib. Shu payt sho'rxok nam tuproqni doira shaklida yoritib ketayotgan fonarni yerga qadab turardim. Izlar bundan buyog'iga davom etmagan (muallif:Siroj Qalandar), shu yerdan o'ng tomonga, qalin tutlar orasiga burilgan edi. Biz kelgan yo'lning qolgan qismida esa eshakningmi, otningmi tuyoq izlari bor edi. Bizga tanish izlar tutlar orasiga burilgach pala partish bosilgan, xuddi qayergadir shoshishganga o'xshardi. Fonar yorug'ida endi o'ng tomonga qarab yurdik.
Izlar uzoqqa ketmagan edi, ikki egat yurganlaridan so'ng bir yo'g'on tut daraxtining orqasida to'planishib qolishgandi. Izlar shundan dalolat berib turardi.
Shu payt negadir cho'ntak fonari ham ishlamay qoldi. Endi biz butunlay zulmatda qoldik.
Qorong'ulikdan Rustamning ovozi eshitildi.
- Exx, chiroq ham o'chib qoldimi? Endi nima qilamiz , aka?! - uning ovoz ohangidan biroz vahimaga tushganini sezib qoldim. To'g'rida, dahshatli o'g'irlikning iziga tushgan ikki yigitning yarim tunda, kimsasiz tutzorning qoq markazida umid chirog'idek birdan bir yorug'lik bag'ishlab turgan fonarlari kutilmaganda o'chib qolsa, kim ham vahimaga tushmaydi deysiz?!
- Negadir izlar ham shu yerda to'xtashgan, endi buyog'iga mana bundan foydalanishimizga to'g'ri keladi, dedim va cho'ntagimdan chaqmoqtosh( zajigalka) ni olib, "qars" etib yoqdim.
Fonarnikidek bo'lmasa ham, atrofimiz biroz yorishdi, ko'ngil ravshanlashdi.
- O'zi ular nega bu tomonga burilishdi ekan?, dedi Rustam, maqsadlari nima bo'lgan? E'tibor beryapsizmi, aka, ular mana shu daraxtning orqasida turib qolishgan. Bu yerdan boshqa joyda izlar uchramaydi. Xuddi shu yerdan osmonga uchib ketishgandek.
- Ular bu yerda juda tiqilishib turgan, dedim izlarni paypaslab. Menimcha, ular nimadandir (yoki kimdandir) cho'chib yashirinishgan shu daraxtning orqasiga.
Kutilmaganda tut daraxtining taram taram po'stlog'iga tomgan allaqanday suyuqlikning chaqmoqtosh olovi yorug'ida yaltirayotganini fahmlab qoldim. Sekin qo'limni suyuqlik tomgan joyga tekkizib ko'rdim. Bu qon edi. Hali qotishga ulgurmagan qon!!!
Rustam ham bu harakatlarimni kuzatib turgan va daraxtda qolgan bu dog' nima ekanligini allaqachon tushunib yetgan edi. Chaqmoqtoshning xira nuri uning yuzida dahshat ifoda etganini ko'rsatib turardi.
Shu tobda negadir miyamga avtohalokatga uchragan yigitning jasadi keldi.
"Demak, bu izlar... daraxtdagi bu qon dog'lari... murda o'g'rilariga aloqasi bor bo'lishi mumkinmi. Endi bunga shubha yo'q!" Bu gaplarni ichimda aytayapman deb o'ylabman, aslida sirtimda ham yangrayotgan ekan.
- Rustam, dedim uning dahshatdan qotib qolgan yuziga termulib, aftidan, u ham men o'ylagan fikrlarni miyasidan o'tkazgan edi.- Nima bo'lganda ham, hozir biz nimaga duch kelsak ham aslo o'zingni yo'qotma!!!
- Aka, ular hali ham shu yerda... shunaqami?, dedi nihoyat ovozi titrab.
- Afsuski shunday, qon hali qotib ulgurmagan, izlar ham yangi... menimcha hozir... ular bizni kuzatib turishibdi...
Hikoyaning qolgan to'liq qismlarini quyidagi guruhda o'qishingiz mumkin http://m.ok.ru/group/52902172819701#_s-1454857283646_436
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
jin ursin bu uchinchisi nima balo guruhingni reklama qilish uchun boshqa tema topolmadingmi..