AS nashrining xabar berishicha, madridliklar "Bayern" jamoasining polshalik hujumchisi Robert Lewandowski bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Futbolchining agenti Sezari Kuharski "Getafe" bilan bo'lib o'tadigan o'yinga taklif etilgan. Agent Florentino Perez bilan Lewandowskining transfer masalasi bo'yicha muzokara olib borgan. Hozirda myunxenliklar Robertga yangi shartnoma taklif etish istagida, amaldagi shartnomasi esa 2019-yilgacha davom etishi ko'zda tutilgan. Hujumchi ilgari "Real"ning birinchi taklifini rad etgandi, biroq futbolda hammasi tez o'zgaradi. U Myunxenda 10 mln yevro maosh oladi, Madridga o'tgan taqdirda esa 12 mln yevrodan kam olmoqchi emas.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев