Bir kun hayotingizda yangi sahifa ochishga qaror qilasiz. «С чистого листa» deyishadiku...
Ammo, bu hammaga ham birdek ma’qul kelmaydi. Ba’zilar tushunmaydi, ba’zilar ranjiydi, tanqidlar boshlanadi.
Masalan, xarom munosabatlarga nuqta qo’yib, “mahram” masalasiga jiddiyroq qaray boshlaysiz. Tavba qilib Allohga yaqinlashishga harakat qilasiz. “Nima bo’ldi avval boshqacha eding...” deyishadi. Hijob masalasi yoki umuman libos borasida o’zingizga savol bera boshlaysiz, kalta, tor kiyimlardan, uzunroq, kengroq kiyimlarga o’tasiz. “Nima bu endi juda oshirib yuboryapsan kampirlarga o’xshab...” deyishadi. Atrofdagi do’stlarni ko’zdan kechirasiz. Sizni botqoqlikka sudrayotgan do’stlardan uzoqlasha b