Sevmidi sani axir u o'ylamay sani bu xolga solgan.
Bilaman joning o'lgan bo'lsa ham qalbda vijdoning qolgan,
Sevaman demagin uni san ayt, san sevgan joning o'lgan!
Baribir bir kun unutiladi,
Yaratmaganku uni tilladan.
Baribir bir kuni tushunib biladi,
Eshitib sani har kuni tillardan!
Ayblarin tushunib yetadi kech u,
Yig'lidi, eslidi, kechdim deb nechun,
Bir kun keladi albatta shundey kun,
Qon yig'lidi qaytmidi deb hech u !!!
Bokalda limmo-lim viski,
Naushniklarda Limp Bizkit,
Ichingdagi olov oldida bir uchqun olimpiyski,
Kecha yeru osmonga
ishonmasding farishtam deb,
Endi shu farishtang bo'p qolar oddiy kiska...!
Bilinar hammasi joningdan o'tgani,
Qaytadan o'zingni yana bir o'tga ur,
Bilaman eshitishimcha ko'p e'tibor,
A uni tanlagani naboratgami?
Bilaman osonmas, o'z tanamda his qilganman juda ko'p bora bro,
Yana ignor, unda sevasan yanada ko'pro...!
Xayolingda u, hayotingdamas,
Yo'llaringda u, qo'llaringdamas,
Xayolingda u, hayotingdamas,
Yo'llaringda u, faqat u lekin qo'llaringdamas!
Holing xarobmi, tobing betob,
Qo'lingda o'qib bo'lingan kitob!
Yo'lingni top deya qildim xitob nega,
O'zingni xor qilding urib yerga?
Man ketaman ertaga deganing degan,
U bilan birga ko'rsam berkingan sevgi,
Ertagiga yoki yer tagiga,
Endi bekatda turibsan taqdirga tan bera!
Ket deydi onging, kel deydi ko'ngling,
O'zinga dushman bu so'nggi pushaymoning!
Oldingmi dars? ikki qo'lingdan qars,
Kor qilgan bo'lsa inkor qima bas!
O'zingni so'rama o'zgalardan,
Ko'zguda ko'zlaring o'zgarmasa,
Asabim qo'zitma bo'ldi yetar endi,
Erkakga o'xshatib ko'targin qadding!
Aql o'rgatdim xa har xolda,
Sandan ko'ra man dahoman,
Ahvolinga baho bersam sen kabi
men ham tanhoman.
Vaxolanki siyoh bilan dog' qilaman oq varog'im,
Ammo lekin men ham xuddi shu dardga giriftor!
O'limni yutmaydi, yo'lingni kutmaydi,
O'ylaganingdek qo'lingdan tutmaydi!
Do'stlaring unutib, so'zlaring qurutib,
Kun kelib yig'laysan ko'zlaringni yumib!
Onangni qadriga yetasan balki,
Xonangni qarida chekib tamaki,
Har kuni u sani sevmidi, kuzatma
sezmidi,
U sanikimas lekin san uniki...!
Xayolingda u, hayotingdamas,
Yo'llaringda u, qo'llaringdamas,
Xayolingda u, hayotingdamas,
Yo'llaringda u, faqat u lekin qo'llaringdamas...!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев