Bepul yutuq haqida óylab kórdingizmi???
Bittagina zikr aytgan insonga 10ta savob yoziladi va 10 ta gunohi óchiriladi mana bu haqiqiy yutuq emasmi???
Bunga esa hech qancha vaqt ketmaydi zikrlarni bir soatda mingtalab aytish mumkin.
Ishongizngiz kelmayabdimi???
Unda telefoningizga qarang qólingizga tasbeh olib 100 marta SUBHANALLOH deb ayting, aytib bólganingizdan kiyin telefongizni soatiga qarang bu uchun necha daqiqa ketganini kóring.
Bu yutuq bilan yaxshi amallar qilishni boshlashingiz mumkin.
Olloh hammamizni yaxshi amallar qilishga qodir qilsin.
@ShamsikuL_siti
Kimgadir chin qalbingizdan yaxshilik qilmoqchisizu lekin ozgina sharaotingiz yetarlimasmi???
Astoydil yaxshilik qilmoqchimisiz aziz qadrdonim unda boshladik.
Qòllarimizni duoga ochib avvalo Yaratgan Robbimizga hamd-u sano Payģambarimiz Muhammad s.a.v ga salovotu durudlar aytib sòngra òsha yaxshilik qilmoqchi bòlgan insoningizni haqqiga uzoq duo qiling bu albatta yaxshilikdir.
Ollohdan hamma narsani sòrang albatta U berguvchidir.
Biz doimo yaxshilikka intilib yashashimiz kerak bunga qodir qilishini ham Ollohdan sòrab duo qilaylik.
@$hamsikuL_siTi
#HIKMAT
Vasvasachi shayton insonda òziga yordamchi topadi. Bu nafsning havoyi orzularidir. Agar shayton va nafs ikkisi insonni yòldan ozdirsa, u kishi Ollohning azobiga duchor bòladi. Aynan shu borada bir hikmatli sóz bor, aytadilarki:
《Qay jangchining oti janggohdan qochsa, dushmanning qòliga tushadi. Kimning imoni òzidan qochsa, Ollohning azobiga uchraydi. Imonni qochirmqslik uchun Ollohga siģinamiz. Dushmanga asir tushganning balki qòli bòyniga boģlanmas, oyoģiga kishan urilmas, och-yalanģoch qolmas, lekin kim imonini qochirgan bòlsa, Ollohning ģazabiga uchraydi, yuzi qorayadi, qòli bòyniga boģlanadi, oyoģiga olovdan kishan uriladi, yeydigani, ichadigani va kiyadigani olovdan bòladi》.
#NAMOZ/HAQIDA
NAMOZ SAVOBINI KÓPAYTIRUVCHI AMALLAR
Namozni davomli holda mukammal ado etish Olloh taoloni rozi qiladi, oxirat saodatiga sabab bòladi. Namoz mukammal ado etish, uning savobini kòpaytirish uchun quyidagi omillarga amal qilish kerak:
1. Namozni óz vaqtida ado etishga intilish. Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadi: 《Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: "Qaysi amal Ollohga eng sevimli?" deb sóradim. U zot: " Óz vaqtida óqilgan namoz", deb javob berdilar》 (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
2. Namozni xushu bilan ado etish uning savobini oshiradi. Xushu- qalbning Robbisining huzurida sokinlik va xokisorlik bilan turishdir. Olloh taolo marhamat qiladi: "Ollohga bóyinsun