Предыдущая публикация
Yuzing xech kulmas
Dõstlaring bōlmas
Yõqlovching qolmas
Ishing yurmasa
Dõst yuzin burar
Ustingdan kular
Diling xum qilar
Ishing yurmasa
Xech kimsa suymas
Xech ishi bõlmas
Qõl bersang olmas
Ishing yurmasa
Sen suygan dildor
Puling bōlsa bor
Yõqda qilar for
Ishing yurmasa
Quchmasang zafar
Ichsang xar safar
Choylaring zaxar
Ishing yurmasa
Õtmaydi tishing
Xotinga nishing
Egilar boshing
Ishing yurmasa
G'amlardan bezma
Yuraging ezma
Umiding uzma
Ishing yurmasa
Axir bu sinov
Yõqchilik birrov
Kuymagin darrov
Ishing yurmasa
Berar xam xudo
Olar xam xudo
Bōlmagin ado
Ishing yurmasa
She'r mu'allifi
QOBILJON SOLIYEV
Шеьр муаллифи
КОБИЛЖОН СОЛИЕВ


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3