Qoldirdi qaxshatgich yomg'ir dõlida
Suyanganlarim tõlgan zaxar tilida
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
Soxta ekan õsha dõst deganlarim
Dard bõlsa boshida jon kuyganlarim
Xayotda oz kõpmi shu bilganlarim
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
Oting chopganida yõqlovchi serob
Maqtovda bõlmaydi xech qanday perob
Angladim axvolim bõlganda xarob
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
Ishi tushsa deyishgan qolma savobsiz
Endichi qong'iroq qolar javobsiz
Inson xam dunyo xam ekan vafosiz
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
Mexribon shirin sõz kõzlar qolmadi
Kõrganda kulgan chin yuzlar qolmadi
Singanda yõqlovchi izlar qolmadi
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
Mayli ularga yõq xech qanday arzim
Ollox berguvchidir uzilar qarzim
Ulardan olganim shu bõldi darsim
Kimlarning kimligin bilib xam oldim
She'r mu'allifi
QOBILJON SOLIYEV


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев