Yana balki arzirsiz maqtovlarning zõriga
Qay davrada bõlsangiz õtqazishar tõriga
Mug'ombirlar tazimda boshi erga tekguncha
Ular uchun siz zõrsiz sizdan zõri chiqguncha
Atrofingda laychalar terilishib tõp bõlar
Aytgan bitta gapinga deyishadi xõp bõlar
Toshbaqa uchar desang qõllovchilar kõp bõlar
Mug'ombirlar tazimda boshi erga tekguncha
Ular uchun siz zõrsiz sizdan zõri chiqguncha
Bunday maqtovlardan sõng oyoq yerdan uzilar
Bilmaysiz ortingizdan qancha reja tuzilar
Omad qõldan ketgan sõng kimligingiz sezilar
Mug'ombirlar tazimda boshi erga tekguncha
Ular uchun siz zõrsiz sizdan zõri chiqguncha
Kimlarga davlat berib yana kimga dard berar
Kim tog'dan lola tersa kimlardur tillo terar
Yaratgan shunday qilib bandasin sinab kõrar
Mug'ombirlar tazimda boshi erga tekguncha
Ular uchun siz zõrsiz sizdan zõri chiqguncha
She'r mu'allifi
QOBILJON SOLIYEV


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев