Mayliga, xazonlar to'lsin yo'limga,
Atirgul tikoni kirsin qo'limga,
Roziman, bevafo hatto o'limga,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Shartingga ko'ndirib gado qil meni,
Ko'ksimga tig' urib ado qil meni,
Bu ko'hna dunyodan judo qil meni,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Mayli, sen o'zganing yori bo'lsang ham,
Ko'zlaring ostida hech bo'lmasin nam,
Yuz yilda bir bora eslab qo'ysang ham,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Sog'insam ko'changga bir kun qaytaman,
Bir lahza ko'changdan haydama faqat.
Istasang to'yingda yor-yor aytaman,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Sevilmoq shu bo'lsa sevib netaman,
Ko'z yoshlar tubiga cho'kib ketdim-ku.
Bu hijron yurtidan o'zim ketaman,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Yomg'irlar tinmayin yog'averadi,
Vujudim yondirib ingraydi yurak.
Sensiz ham bu kunlar o'taveradi,
Begunoh yurakni qiynama faqat.
Nuriddin KURALOV
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев