Jonim ketar mendan kechib,
O'zga insonni yor bilib.
Baxtim ketar mendan qochib,
O'zgalarni baxtli qilib.
Yurak yig'lar bu azobdan,
Ko'zlar ko'rmas g'aflatdan.
Sog'inch qiynar ertalabdan,
Mano yoqdur yawawdan.
Seni sevib yurakdan,
baxtli edim xamadan.
Endi esa kim bo'ldim,
Boshim chiqmas azobdan.
Uyingizga yetib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga hamrox bo'lsin eng ulkan dardlar,
Eng kichik dardlar ham qiynasin sizni.
Bo'm-bo'sh xona sizni ishga kuzatsin,
Yolg'iz surat suhbat qursin siz bilan.
Tunda to'shagingiz zulmat tuzatsin,
Olov bilan yashamang, yashang muz bilan.
Omadli yo'llarning tizini tashlang,
Omadsiz yo'llardan yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday
Yolg'on ekan shirin so'zin,
Yolg'onchi ekan hatto ko'zing.
Meni tashlab ketmang deya,
Meni tashlab ketding o'zing.
Afsus menga bo'lding armon,
Yuragimda tugar darmon.
Hayolimdan ketmay hamon,
Azoblaysan meni hamon...